14:09 / 21.05.2024
3673

26 mlrd dollar miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi

Prezident tomonidan “Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining yig‘ilishi doirasida 26 mlrd AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan

Kelishuvlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hujjat bilan: 

  • Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan investitsiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
  • Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
  • Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.

Investitsiyalar vazirligiga topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan axborotni prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish yuklatilmoqda.

Top