Tadbir doirasida investorlar kompaniya faoliyati va uning islomiy moliya qoidalariga asoslangan noyob taklifi bilan tanişdilar. Şuningdek, investorlarga kompaniyaning rivojlaniş böyiça rejalari taqdim etildi va investitsiya töplami sotuvining birinçi bosqiçiga start berildi.

Loyihaga bölgan yuqori qiziqiş natijasida birinçi investitsiya töplami 15 daqiqada içida 104 775 000 000 söm mablağ jalb qildi. 

«Investorlarimizga bildirilgan işonç uçun samimiy minnatdorçilik bildiramiz. Birinçi investitsiyalar töplamining qisqa vaqt içida sotilişi Way II va Akfa Aluminium Group kompaniyalariga bölgan qiziqiş va işonçni yana bir bor namoyiş etadi. Şuningdek, islomiy tamoyillarga asoslangan moliyaviy vositalar investorlar orasida ommalaşib borayotganligini bildiradi. Yaqin orada sotuvlarning yangi bosqiçi ham e’lon qilinadi va biz investorlarimizning işonçlarini oqlaş va ularga sarmoya kiritiş uçun qulay imkoniyatlarni taklif qiliş ustida işlaşda davom etamiz», – dedi Way II kompaniyasining boş operatsion direktori Aziz Qosimxöjayev.

Investorlar uçun ötkazilgan tadbir iştirokçilarga nafaqat investitsiya kompaniyasi haqida ma’lumot oliş, balki biznes aloqalarini örnatiş, şuningdek, eksklyuziv takliflar bilan tanişiş imkonini berdi.

Ma’lumot uçun, Way II - loyihalarni uluşdorlik asosida moliyalaştiriş va moliyaviy barqarorligini ta’minlaşga ixtisoslaşgan investitsiya kompaniyasidir. Kompaniya şaffoflik va professionallik asosida faoliyat yuritadi va hozirda investorlarga Markaziy Osiyodagi eng yirik alyuminiy konstruksiyalar işlab çiqaruvçisi – Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritiş imkoniyatini taqdim etadi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlaşiça, Way II öz faoliyati davomida islom moliyasi qoidalariga töliq amal qiladi va bu IFCB kompaniyasining Islomiy moliya maslahat kengaşi xulosasi bilan tasdiqlangan.