19 may kuni Eron va Ozarboyjon örtasidagi töğon oçilişiga borgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Tehronga qaytişda, Tabriz şahri yaqinida aviahalokatga uçrab vafot etdi. Siyosiy tahlilçilar Farhod Karimov va Bektoş Berdiyev Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida hodisa haqidagi fikrlari bilan bölişdi.

— Hodisadan keyin ötgan vaqt davomidagi xabarlar oqimini kuzatgan holda, şaxsiy fikrlaringiz qanaqa? Asosiy savol: voqeani baxtsiz hodisa deyiş mumkinmi?

Farhod Karimov: — Avvalambor, Eron xalqiga öz ta’ziyamizni bildiramiz. Har qanday xalq, jamiyat uçun oğir bu.

Eron taşqi siyosatida oğir kunlar kuzatilayotgan edi, rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlari havas qilgulik emas, sanksiyalar ostida edi, Ğazodagi holat ortidan Isroil bilan munosabatlari yana ham murakkablaşib qolgan edi. Şunday şaroitda bu halokat böldi va turli versiyalar bölişi tabiiy. Lekin avvalo rasmiy munosabatga e’tibor qaratiş kerak, rasmiylar halokatning asosiy sababi tumanli noqulay ob-havo, ya’ni baxtsiz hodisa, deyapti. Köriş imkoniyati past bölgani uçun vertolyot pastlab uçgan va qoyaga urilgan, degan versiya aytilyapti va biz şuni qabul qilamiz rasman. Lekin geosiyosiy va Eron içidagi vaziyat boşqa bir versiyalarni ham oldimizga qöyadi.

Içki vaziyat versiyasidan boşlasak. Eron içida hammasi ham barqaror emasdi oxirgi yillarda. Yaqinda Qişloq xöjaligi vaziri qölga olindi, uning 4 mlrd AQŞ dollarga yaqin özlaştirişi voqealari fonida Raisiy hukumatiga nisbatan işonçsizlik ortib bordi turli kuçlar tomonidan, bundan taşqari, u yerdagi liberallar va konservatorlar örtasidagi raqobat kuçayib ketib, qaysidir ma’noda ijtimoiy-siyosiy klanlar örtasidagi kuraş boşlangani ham aytilgandi. Raisiy Eron Oliy sudi rahbari bölib turgan paytda Ruhoniyning yaqin odamlari hibsga olinişi ortidan ham klanlar örtasidagi kuraş kötarilgandi. Mana şu içki siyosiy beqarorlik ham diversiya qilişga sabab bölişi mumkin, degan taxmin ham bor tahlilçilar tomonidan. Bundan taşqari, Raisiyni Xominaiyning vorisi sifatida ham körişayotgan edi.

— Köprik oçilişiga 3 ta vertolyotda delegatsiya borgan va faqat Raisiyning vertolyoti şunday hodisaga uçragan, şu böyiça ham fikringiz?

Farhod Karimov: — Bu masala ham bahsli. Davlat rahbari uçayotgan bort jiddiy texnik tekşiruvlardan ötkaziladi, kuçli mutaxassislar tekşiradi va ularning xato qiliş ehtimoli kam. Qolgan ikkita vertolyotning vazifasi birinçi raqamli vertolyotni kuzatiş, radarlardan yöqolişi bilan boş ştabga xabar berişi kerak edi. Qidiruvlar 5 soat davom etdi, nega öşa yöqolib qolgan joydagi kordinatalar berilmagan, degan savollar bor va bular turli versiyalarni vujudga keltiryapti.