KXŞT sammiti uçun Bişkekka kelgan Putin Qirğizistondagi rus harbiy bazalari mintaqaviy barqarorlikni ta’minlaşda muhim rol öynayotganini aytgan. Xöş, Markaziy Osiyoda şunday harbiy kontingentga ehtiyoj bormi? Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida ekspertlar uşbu mavzu xususida söz yuritdi.
Rossiyaning Qirğizistondagi harbiy bazalari mintaqada qanday funksiyalarni bajaryapti?
Kamoliddin Rabbimov: Bugun “Kollektiv xavfsizlik taşkiloti” (KXŞT) çuqur siyosiy va geosiyosiy inqirozga yuz tutgan. Buning asosiy sababi — Ukraina uruşi. Uruş boşlanganidan keyin Vladimir Putin, taşkilotning qolgan a’zolariga bosim ötkaza boşladi. Ularning oldiga: “Men Ukraina bilan uruşayotganda, Ğarb Ukrainani qöllayapti. Sizlar esa ittifoqdoş sifatida men tomonda turib, uruşda iştirok etişingiz kerak”, degan talabni qöydi. Bu hatto OAVga ham çiqdi. Ammo a’zo davlatlar Rossiya talabini qöllab-quvvatlaşga şoşilmadi. Qozoğiston esa aniq pozitsiya bildirdi: u faqat BMT Xavfsizlik Kengaşi doirasida xalqaro mandat bölgandagina uruşga qöşilişi mumkinligini aytdi. Bu aslida, Putin talabining oçiqçasiga rad etilişi edi. Bugunga kelib KXŞT inqirozining asosiy sababçilari sifatida ikki davlat körinmoqda: Armaniston va Qirğiziston. Bu safar sammit Qirğizistonda bölyapti va mezbon sifatida Qirğiziston unda qatnaşmasligi mumkin emas edi. Biroq şuni eslatiş kerakki, Qirğiziston oxirgi ikki yil davomida taşkilotning harbiy maşğulotlarida iştirok etişni rad etgan. Armaniston esa bundan ham keskinroq yöl tutdi, Yerevan KXŞTdagi faoliyatini rasman muzlatdi. Bu töliq çiqiş emas, çunki çiqiş jarayoni murakkab va vaqt talab qiladi. Armaniston bu pozitsiyani Rossiya bilan oçiq töqnaşmaslik uçun tanlagan. Bugungi geosiyosiy vaziyat şuni körsatmoqdaki, KXŞT a’zolari taşqi xavfdan köra, köproq Rossiyaning siyosiy bosimidan çöçimoqda. Şuning uçun taşkilot içida işonç, umumiy maqsad va harbiy hamkorlik tamoyillari izdan çiqqan. Putin öz nutqlarida odatdagidek: “Biz harbiy salohiyatni mustahkamlaşimiz, bir-birimizni qöllab-quvvatlaşimiz kerak”, degan bayonotlarni aytsa ham, bu sözlar real vaziyatni özgartira olmaydi. Xulosa şuki KXŞT bugun öz tarixidagi eng keskin buriliş nuqtasiga yetdi, ammo bu buriliş Rossiyaga foyda keltiradigan tomonga emas.
Oybek Sirojov: Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining navbatdagi yiğilişi Bişkekda bölib ötdi. Unda beş davlat rahbari iştirok etdi. KXŞT — asosan Rossiya yetakçiligida tuzilgan va öz vaqtida Şanxay hamkorlik taşkilotiga muqobil tuzilma sifatida körilgan edi. Uning vazifasi mintaqada strategik muvozanatni yaratiş bölgan. Şuni ta’kidlaş lozimki, har qanday xalqaro taşkilotning samaradorligi unga yangi davlatlarning qöşiliş istagi bilan ölçanadi. Agar taşkilot öziga yangi a’zolarni jalb qila olmayotgan bölsa, yoki aksinça, undan çiqiş jarayoni boşlansa, demak taşkilotning jozibadorligi pasaygan. KXŞTga nisbatan sönggi yillarda aynan şunday tendensiya kuzatilmoqda: ayrim davlatlar faoliyatini muzlatmoqda, ayrimlari çiqib ketgan, jumladan Özbekiston ham bir vaqtlar bu yölni tanlagan. Qirğizistonda bölib ötgan KXŞT sammitining siyosiy foniga töxtalsak: sönggi oylarda Markaziy Osiyoda diplomatik faollik kuçaydi. AQŞ bilan uçraşuvlar, undan keyin Xitoy taşqi işlar vazirining safari şuni körsatadiki, region geosiyosiy maydonda yana markazga aylanmoqda. Şu şaroitda Rossiya uçun KXŞT yiğilişi mintaqadagi öz ta’sirini mustahkamlaşning eng qulay vositalaridan biri böldi. Çunki uçraşuvda taşkilotga a’zo bölmagan Özbekiston, Turkmaniston kabi davlat rahbarlaridan taşqari, qolgan Markaziy Osiyo rahbarlari Bişkekda bir stol atrofida jamlandi. Rasmiy ma’lumotlarda aniq qaror yoki yangi taşabbuslar haqida oçiq gapirilmagan, çunki taşkilotning harbiy xususiyati bunga yöl qöymaydi. Ammo siyosiy kuzatuvçilar fikriça, Rossiya bugun Markaziy Osiyoda asosiy e’tiborni aynan Qirğizistonga qaratmoqda. Sababi mintaqada Rossiyaning ikki yirik harbiy bazasi mavjud, biri Qirğizistonda, ikkinçisi Tojikistonda joylaşgan 201-harbiy baza. Bundan taşqari, 2027 yilda Qirğizistonda prezident saylovi bölib ötadi. Rossiya uşbu siyosiy jarayonni öz manfaatlari yölida işlatişga urinayotganiga oid belgilar bor. Masalan, Qirğiziston xorijdagi saylov uçastkalarining 100 tadan 40 tasi Rossiya hududida joylaşgan. Bu — Qirğiziston aholisi içida Rossiyada yaşovçilar uluşi juda katta ekanining isboti. Xulosa qilib aytganda, Bişkekdagi uçraşuv Rossiyaning mintaqadagi siyosiy ta’sirini saqlab qoliş yölidagi navbatdagi qadami böldi. Ammo taşkilotning bugungi holati şuni körsatadiki, KXŞT endi kuçayib borayotgan emas, balki öz jozibasini yöqotib borayotgan tuzilma sifatida baholanmoqda.











