Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Qurtulmush bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Turkiya bilan parlamentlararo aloqalar jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Qurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi yuksak bosqichi, barcha darajada faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani ta’kidlandi.
Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi kun tartibini shakllantirishda va oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashda do‘stlik guruhlari va tegishli qo‘mitalarning faol ishtiroki muhim ekani ta’kidlandi.
Investitsiya dasturlarini ilgari surish, turizm, ishbilarmonlik va ta’lim almashinuvlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro tuzilmalar, xususan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi parlamentlararo hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026