12:50 / 22.05.2024
4890

Surxondaryoda fuqaro hovlisida ko‘p miqdorda ko‘knori o‘stirib kelayotgani aniqlandi

Tezkor tadbirda fuqaro 317 tup ko‘knori va 12 tup kannabis yetishtirayotgani ma’lum bo‘lgan.

Foto: Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi

Surxondaryo viloyati Denov yashovchi fuqaro tomarqasida ko‘p miqdorda ko‘knori va kannabis parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro va Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmalari va boshqa huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda Denov tumanida yashovchi fuqarolardan birining xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Tadbir davomida fuqaro tomorqasida giyohvandlik o‘simliklariga o‘xshash o‘simliklarni ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlari xulosasiga ko‘ra, o‘simliklar 12 tup kannabis hamda 317 tup ko‘knori ekani tasdiqlangan va ashyoviy dalil sifatida tegishli qonunchilik asosida saqlovga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top