“Ötiring, kuyov”

2023 yilning 13 sentabr kuni Denovda dabdabali töy böladi. Ança yillardan beri ulgurji narxda sement savdosi bilan şuğullanib keladigan tadbirkor ayol Saliya Nabiyeva qizini turmuşga uzatadi.

Ayrim hududlarda, jumladan Surxondaryoda ham nikoh töyi marosimlarida qiziq odat bor: köyovjöralar bilan kelinni olib kelgani borgan kuyov kelinnikida ötirmasdan tik oyoqda turadi. Şunda qizning onasi yoki dadasi kelib, kuyovga biror mulk ataydi va “Ötiring, kuyov” deydi. Kuyov ötirmasa, atalgan narsaga yana qöşiladi. Bu şunçaki odat: kimdir kuyoviga ataganini keyinçalik imkoniyatidan kelib çiqib olib beradi, kimdir esa yöq.

Tadbirkor ayol ötirmayotgan kuyoviga qarata “Toşkent şahridan bitta va Denovdan bitta uy hamda topganimning 40 foizi kuyovimniki. Ötiring, kuyov” deydi. Toşkent şahridan uçta, Surxondaryoning özida bir neçta uylari hamda köplab köçmas mulklari bölgan ayol bu gapni şunçaki aytmagandi, u rostdan ham atagan mulklarini kuyoviga bermoqçi edi.

Janozaga kelmagan ona

Töy bölib ötadi. Bir öğli va bir qizi bölgan tadbirkor ayol kuyovini çindan hurmat qilar va öz öğli kabi yaxşi körardi.

2023 yil 30 noyabr kuni tadbirkor ayolga kuyovining otasi vafot etgani xabari keladi. Bu vaqtda kuyovi iş bilan Toşkent şahriga ketgandi.

Soat 21:30larda Saliya Nabiyeva öğli Umidjon Amanqulov bilan qudasining uyiga boradi. Marhumning yaqinlariga ta’zim bildirib, qiziga köp yiğlamaslikni, bu holat homilasiga ta’sir qilişi mumkinligini aytadi.

“Kuyovim bilan gaplaşdim, seni uyga olib ketişimni aytgandi. Özi ham yölga çiqibdi. Janoza ertaga, yetib keladi ungaça” deydi ayol. Biroq qizi ketişga könmaydi va ahvoli yaxşiligini bildirib, qolişini aytadi. Şu tariqa ayol ertalab janozaga kelişini aytib, öğli bilan uyiga qaytib ketadi.

 Ikki oylik kelin yarim tunda Toşkent şahridan qaytayotgan turmuş örtoğidan qayerga kelganini bir neça bor söraydi. Birinçisida Samarqandga, ikkinçisida Qarşiga yetib kelişganini bildiradi kuyov. Şu bilan tong otadi, janozaga hozirlik boşlanadi. Marhumning barça yaqinlari, qöni-qöşnilar, qişloq ahli janozaga kela boşlaydi.

Ammo kelib-ketuvçilar orasida tadbirkor quda körinmasdi. Kelin akasiga qönğiroq qilib, onasi bilan kelib, janozaga qatnaşişini aytadi. Akasi gapni qisqa qilib, xöp deb qöyaqoladi.