Sport | 01:56 / 23.05.2024
8139
1 daqiqa o‘qiladi

«Atalanta» Lukmanning het-trigi evaziga «Bayyer»ni yirik hisobda yengib, Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi

Foto: Atalanta

Yevropa Ligasi finalida «Atalanta» 51 o‘yindan beri yutqazmayotgan «Bayyer» darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi. Barcha gollar nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman hisobiga yozildi. 

Shu tariqa Bergamo klubi o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklarda zafar quchdi. Alonso jamoasining esa mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi — trebl qayd etilmaydigan bo‘ldi. 

Yevropa Ligasi. Final

Atalanta — Bayyer 3:0

22 may, «Aviva»

Gollar: Lukman (12, 26, 75).

Atalanta – Musso, Zappakosta (Hatebur, 84), Jimsiti, Kolashinats (Skalvini, 46), Hin, Rujyeri (Toloy, 90+1), Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Pashalich, 57), Lukman, Skamakka (Ture, 84). 

Bayyer – Kovarj, Stanishich (Bonifase, 46), Ta, Tapsoba, Inkapie, Grimaldo (Glojyek, 69), Frimpong (Tella, 81), Jaka, Palasios (Andrix, 68), Virts (Shik, 81), Adli.

Ogohlantirishlar: Jimsiti (22), Virts (35), Skamakka (35), Zappakosta (60), Tapsoba (67), Kopmeyners (70), Andrix (73).

Mavzuga oid