Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
UYeFA superkubogida YeChL g‘olibi «Real» Yevropa Ligasi chempioni «Atalanta» bilan to‘qnash kelib, ikkinchi bo‘limdagi gollar evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi.
59-daqiqada Vinisiusning uzatmasidan so‘ng Valverde hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada Bellinghemning assistidan keyin Mbappe Madrid klubidagi ilk o‘yinida debyut to‘pini kiritdi.
Shu tariqa «Real» 6-bor superkubokni yutib, «Barselona» va «Milan»ni ortda qoldirgan holda mutlaq rekordchiga aylandi.
UYeFA superkubogi
Real — Atalanta 2:0
14 avgust. Varshava, «PGe»
Gollar: Valverde (59), Mbappe (68).
Real – Kurtua, Mendi, Ryudiger, Militao, Karvaxal (Vaskes, 88), Bellinghem (Seballos, 88), Chuameni, Valverde, Vinisius (Guler, 88), Mbappe (Dias, 83), Rodrigo (Modrich, 76).
Atalanta – Musso, Kolashinats (Bakker, 71), Hin (Palestra, 90), Jimsiti, Pashalich (Mansoni, 90), Rujyeri, Zappakosta (Godfri, 63), Ederson, de Ron, de Ketelare (Retegi, 63), Lukman.
Ogohlantirishlar: Ederson (9), Bellinhem (35), Vinisius (42), Jimsiti (64).