Sport | 21:33 / 25.05.2024
10430
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» derbida «Man Siti»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 13-bor Angliya kubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Manchester United

Angliya Kubogi finalida Manchester klublari to‘qnash kelishdi. Unda «Manchester Yunayted» kutilmaganda amaldagi chempion «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. 19 yoshli futbolchilar — Garnacho va Maynuning gollari Gvardiola jamoasini «oltin dubl»dan mahrum qildi. 

Shu tariqa «qizil iblislar» o‘z tarixida 13-bor ushbu turnirda zafar quchishdi. Bu borada faqat «Arsenal» oldinda — 14.

Ten Hag jamoasi bu g‘alaba orqali Yevropa Ligasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. APLda 6-pog‘onani egallagan «Chelsi» esa Konferensiyalar Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi. 

Angliya Kubogi. Final

Manchester Siti — Manchester Yunayted 1:2

25 may, «Uembli»

Gollar: Doku (87) — Garnacho (30), Maynu (39).

Manchester Siti – Ortega, Uoker, Stounz, Ake (Akanji, 46), Gvardiol, Kovachich (Doku, 46), de Bryuyne (Alvares, 56), Silva, Rodri, Foden, Holand.

Manchester Yunayted – Onana, Uan-Bissaka, Varan, Martines (Evans, 73), Dalot, Amrabat, Maynu, Fernandesh, Maktominey (Maunt, 90+3), Garnacho (Lindelyof, 90+3), Reshford (Hoylund, 74).

Ogohlantirishlar: Maynu (45), Alvares (90+7). 

Mavzuga oid