10:19 / 25.05.2024
6750

Toshkentda yangi qurilayotgan turar joyda ishchini tuproq bosib qoldi

Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan turar joy chuqurida ishchini tuproq bosib qoldi. FVV qutqaruvchilari uning hayotini saqlab qoldi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

24 may kuni Toshkent shahrida ishchini qum bosib qoldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Soat 17:05 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yakkasaroy tumani «Dilbuloq» MFY hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.

Fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.

Top