Germaniya iqtisodiyoti malakali kadrlar yetişmasligi sababli har yili milliardlab yevrolik yöqotişlarga duçor bölmoqda. Germaniya iqtisodiyoti instituti (IW) 12 may, yakşanba kuni e’lon qilgan hisobotga köra, nemis korxonalari töliq quvvat bilan işlagan taqdirda, 2024 yilda 49 milliard yevro köproq daromad olişlari mumkin. Şu bilan birga, kadrlar yetişmasligi bilan boğliq qiyin vaziyat kelgusi yillarda yanada yomonlaşadi.

IM ma’lumotlariga köra, 2023 yilda Germaniyada 570 ming iş örni böş qolgan. «Korxonalar uçun bu ularning işlab çiqariş salohiyati amalga oşirilmaganligini anglatadi, aslida ular köproq işlab çiqarişlari mumkin edi, ammo xodimlar yetarli emas», deydi institut mutaxassislari. 

Kadrlar yetişmasligi bilan boğliq vaziyat yomonlaşmoqda 

Kelgusi yillarda kadrlar yetişmovçiligi bilan boğliq vaziyat yanada oğirlaşişi kutilayotganligi sababli, iqtisodçilarning prognozlariga köra, mos ravişda moddiy yöqotişlar ham ortadi. IM hisob-kitoblariga köra, 2027 yilda yöqolgan işlab çiqariş salohiyati miqdori 74 milliard yevrogaça oşadi. 

«Kadrlar taqçilligini kamaytiriş uçun bizga, birinçi navbatda, malakali muhojirlar kerak», deb hisoblaydi iqtisodçilar. Ular, şuningdek, keksa xodimlarning iş muddatini uzaytirişni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. «Bizneslar jozibador takliflar bilan tajribali xodimlarni saqlab qolişga harakat qilişlari kerak», deb maslahat berdi Germaniya Iqtisodiyot instituti.