Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerning unumdor qatlamidagi tuproqni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
Namangan viloyati Pop tumanida yerning unumdor qatlamidagi tuproqni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar berdi.
Foto: Prokuratura departamenti
Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
“T.R.” MChJ rahbari X.Ya. va boshqalar g‘isht ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan hududdan tashqariga chiqib, yerning unumdor qatlamidan maxsus texnikalar yordamida 12 ming kub hajmdagi tuproqni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 181,8 mln so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotda mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:21 / 13.08.2025
Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in yuz berdi
14:56 / 01.07.2025
Save Soil harakati O‘zbekiston bilan tuproqni qayta tiklash bo‘yicha hamkorlik qiladi
07:40 / 22.06.2024
Ikki hududda tuproq jinslarni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holatlari aniqlandi
13:20 / 13.06.2024