Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligida Qatar davlat mehnat vaziri Ali bin Samih al-Marri boşçiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uçraşuv ötkazildi. 

Uçraşuvda asosiy e’tibor Özbekistondan Qatarga işçi kuçini jalb etiş, ularni tayyorlaş va uyuşgan tarzda yuboriş masalalariga qaratildi.

2023 yilning 6 iyun kuni Samarqand şahrida ikki davlat hukumatlari örtasida «Qatar davlati hududida işçi kuçi bandligini tartibga soliş töğrisida»gi bitim imzolangan. Uçraşuvda uşbu bitimni hayotga tatbiq etiş mexanizmlariga töxtalib ötildi.

Qatar mehnat vazirining ta’kidlaşiça, uşbu mamlakatda ayni vaqtda tibbiyot, ta’lim, IT, mahsulotlarni sanoat usulida qayta işlaş, mehmonxona xizmati va OAV sohalarida xorijlik işçi kuçiga talab yuqori. 

Uşbu davlatda işlaş istagida bölganlarni qiynayotgan eng katta masala bu - til tösiği ekanligi aytib ötildi. Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Behzod Musayev uşbu muammoni yeçiş böyiça şu yerdagi mavjud tajribadan kelib çiqib işçi kuçini maqsadli tayyorlaş böyiça öz takliflarini berdi.

Ali bin Samih al-Marri xorijdan borib işlovçilarning huquqlari davlat tomonidan mustahkam himoya qilinişi, ayni maqsad va körsatkiçlar 2008 yilda tasdiqlangan Qatar Vision – 2030 dasturida ham öz aksini topganini ma’lum qilgan. Şuningdek, xorijlik işçilarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy suğurtasi, oylik, transport va yaşaş joylari xarajatlarini iş beruvçi tomonidan töliq qoplaş yölga qöyilganini hamda çetdan borib işlovçi ayollar huquqlarini himoya qiliş böyiça qömita taşkil etilganini aytib ötgan.

Uçraşuvda qayd etilganidek, ikki davlat vazirliklari örtasida qöşma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yiğilişi Qatarda ötkaziladi va unda hamkorlikni yanada rivojlantirişga oid bitim imzolanişi rejalaştirilmoqda.