10:05 / 30.05.2024
1751

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkentning Yakkasaroy, Chilonzor hamda Yashnobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.R.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi S.B fuqaro M.Sh.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 180 dona dori vositasini 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan G‘.R. 14 dona “Galara” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.S.ga 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar S.A. va A.K.ning yonidan 72 dona “Regapen” va 71 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top