Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta hujjat imzolandi
Davlat rahbarlari Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy almashinuv, yuqori, shu jumladan kosmik texnologiyalar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalarda hamkorlikka doir hujjatlar almashildi. Turkiya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida texnik ko‘mak ko‘rsatadi.

Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari huzurida ko‘p qirrali sheriklikning ko‘plab sohalarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi. Jumladan:
- Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida bitim;
- Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Axborot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Kadastr masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Oila instituti va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Huquqiy sohada malaka oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.
Shuningdek, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solishga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

13:00 / 22.07.2025
Erdo‘g‘an Turkiyaning YeIga integratsiyasini tezlashtirishni talab qildi

18:32 / 21.07.2025
Turkiyaning ayrim hududlarida vabo qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar topildi

10:24 / 18.07.2025
Hoqon Fidan: Isroil tinchlikni istamaydi, Isroil barqarorlikni xohlamaydi

19:01 / 16.07.2025