O‘zbekiston | 13:21 / 06.06.2024
31659
10 daqiqa o‘qiladi

«Saidaziz medgorodok» qanday jinoyatlarda ayblanayotgani ma’lum bo‘ldi

Jinoyat olami vakili sifatida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va yana 28 kishiga nisbatan sud kuni belgilandi. Ularning aksariyati tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, pora berish, o‘g‘rilik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish kabi qator jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanmoqda. Jabrlanuvchilar soni o‘ttizdan ortiq. Ular orasida tadbirkorlar ham bor.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Saidaziz Saidaliyev va boshqa shaxslarga nisbatan sud kuni belgilandi. “Adolat” axborot tizimlari kompleksining sud majlislari jadvaliga ko‘ra, «Saidaziz medgorodok» hamda yana 28 kishiga nisbatan sud majlisi 2024 yilning 11 iyun kuni soat 10:00da jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida boshlanadi.

Sudlanuvchilarning aksariyati tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik, pora berish, o‘g‘rilik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish kabi qator jinoyatlarda ayblanmoqda. Jumladan, Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 165-moddasi 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 211-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (Pora berish), 242-moddasi 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandi (Bezorilik), 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik) bilan ayblanmoqda.

Ro‘yxatda yana kimlar bor?

Sudlanuvchilar ro‘yxatida Saidaziz Saidaliyevdan tashqari yana 28 kishining ismi keltirilgan.

Jinoiy uyushma a’zolari quyidagilarda ayblanmoqda:

Sotvoldiyev Ilxom Mahmudjonovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Shomurodov Laziz Yunus o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 277-modda 2-qismi “b” hamda “v” bandi (Bezorilik);

Akramov Akramjon Davlatboy o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Usmonov Sirojiddin Inomjon o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 277-modda 3-qismi “a” bandi (Bezorilik);

Mo‘minov Behruz Xolmurod o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Badalov Jahongir Jo‘rayevich – Jinoyat kodeksining 135-modda 2-qismi (Odam savdosi), 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 168-modda 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik);

Yo‘ldoshev Anvar Baxtiyorovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 277-modda 3-qismi “a” bandi (Bezorilik);

Sotvoldiyev Yodgor Obidjonovich – Jinoyat kodeksining 277-modda 2-qismi “b” hamda “v” bandi (Bezorilik);

Mirxo‘jayev Mirsolih Mirkamolovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 277-modda 2-qismi “b” hamda “v” bandi (Bezorilik);

Quvatov Shavkat Shuhratovich – Jinoyat kodeksining 112-modda 2-qismi “b” bandi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish), 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 277-modda 2-qismi “b” hamda “v” bandi (Bezorilik), 277-modda 3-qismi “a” bandi (Bezorilik);

Raximov Ulug‘bek Habibulla o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 211-modda 3-qismi “a”, “b” bandi (Pora berish), 227-modda 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 228-modda 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-modda 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 229-modda (O‘zboshimchalik), 236-modda 2-qismi (Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish), 237-modda 2-qismi “b”, “v” hamda “g” bandi (Yolg‘on xabar berish), 238-modda 3-qismi “a” va “b” bandi (Yolg‘on guvohlik berish);

Samiyev Sherzod Latifovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 277-modda 2-qismi “b” hamda “v” bandi (Bezorilik);

O‘rinboyev G‘ofurjon Solijonovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 168-modda 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik), 211-modda 3-qismi “a” va “b” bandi (Pora berish), 227-modda 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 228-modda 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-modda 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 229-modda (O‘zboshimchalik), 236-modda 2-qismi (Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish), 237-modda 2-qismi “b”, “v” hamda “g” bandlari (Yolg‘on xabar berish), 238-modda 3-qismi “a” va “b” bandi (Yolg‘on guvohlik berish);

Xoshakov Doston Salimjon o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 227-modda 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 228-modda 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-modda 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 229-modda (O‘zboshimchalik);

Alimov Fazliddin Fayzullayevich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Mahmudov Umid Agzamovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 182-modda 2-qismi “a” bandi (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish);

Umirzoqov Dilshod Bo‘riboyevich – Jinoyat kodeksining 277-modda 3-qismi “a” bandi (Bezorilik);

Qayumov Zamir Kamolovich – Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik);

Bobonazarov Ravshan Abruxamon o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

To‘laganov Nuriddin Baxtiyorovich – Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik);

Abdumalikov Toxirjon Abdug‘affor o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Yunusov Doniyor Faxriddin o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik), 211-modda 3-qismi “a” va “b” bandi (Pora berish);

Sultonov Davron Rozametovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Risqiyev Husan Valijonovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik);

Nurmatov Aziz Nabijonovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 182-modda 2-qismi “a” bandi (Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish);

Erkinov Baxtiyor To‘lqin o‘g‘li – jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik);

Rahmonov Bahodir Baxtiyor o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik);

Samadov Bunyod Ro‘ziqulovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandi (Tovlamachilik).

Jabrlanuvchilar soni esa 30 nafardan ortiq. Ular orasida tadbirkorlar ham bor.

Saidaziz Saidaliyev o‘tgan yilning dekabr oyidagi jinoyat olami vakillariga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirlardan birida qo‘lga olingandi. O‘shanda u atrofiga jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, qarzdorlik va boshqa muammolarni qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish bilan shug‘ullangani aytilgan.

Mavzuga oid