Baxtiyor Qudratullayev bilan birga sudlangan 36 nafar sudlanuvçidan biri vafot etgan. Buni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil uç manbasi tasdiqladi.

Manbaga köra, sudlanuvçilardan biri – 1964 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan Şukurali Qurbonov unga nisbatan sud hukmi e’lon qilinganidan bir kun ötib, vafot etgan.

Qurbonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik) 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgandi. Unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan edi.

Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosovning Kun.uz’ga  tasdiqlaşiça, Şukurali Qurbonov infarkt bölişi oqibatida vafot etgan.

Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati rahbari bilan boğlanganida “aniqlaştirib, ma’lumot berilişi” aytildi.

Eslatib ötamiz, 19 iyul kuni Baxtiyor Qudratullayev va 36 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingandi. Sud hukmi bilan sudlanuvçilarga 3 yildan 20 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan. Hukmga köra, 6 kişi xavfli retsidivist deb topilgandi