07:23 / 07.06.2024
1615

Xitoy Surxondaryoda logistika markazi tashkil etishi mumkin

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Huaxing Development and Investment Group kompaniyasi raisi Chen Xingfu hamda Nuwa Robotics CIS Group kompaniyasi raisi Rey Hungni qabul qildi. 

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Qabul O‘zbekiston-Xitoy biznes assotsiatsiyasi rahbari Baxtiyor Muhammadiyev ko‘magida tashkil etilgan.

Uchrashuvda tomonlarning avvalgi muzokaralarida muhokama qilingan loyihalarni boshlash, xususan, robototexnikalar va noutbuklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, vohada yangi loyihalarni boshlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizning logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida logistika markazi tashkil etish, kaliy qazib olish, qayta ishlash va eksport qilish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama etildi.

Termiz shahri va Shansi provinsiyasining Yuncheng shahri o‘rtasida qardosh shaharlar munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan kelishuv imzolandi.

 

Top