Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi
Mamlakat sportchilari Parij-2024 paralimpiya turnirida 200 dan ortiq medalni qo‘lga kiritdi.
Foto: Reuters
Xitoy milliy jamoasi Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida muddatidan avval g‘alaba qozondi.
Terma jamoa sportchilari 201 ta medal, jumladan, 90 ta oltin, 66 ta kumush va 45 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni 110 ta medal – 45 ta oltin, 38 ta kumush va 27 ta bronzaga ega Britaniya terma jamoasi egallab turibdi. Musobaqa 8 sentabr kuni yakunlansa-da, britaniyaliklar Xitoyga yetib olish imkoniyatiga ega emas.

Xitoy terma jamoasi 2004, 2008, 2012, 2016 va 2021 yillarda ham Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan. Avvalgi o‘yinlarda xitoylik sportchilar 96 ta oltin, 60 ta kumush va 51 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Mavzuga oid
09:17
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
22:25 / 28.04.2026
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
08:56 / 25.04.2026