Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Xitoyning quriliş, energetika sohasi böyiça faoliyat olib boruvçi Xinjiang Bai Yi Da Construction Investment Co.,Ltd kompaniyasining vakillarini qabul qildi.

Xitoylik investorlar bilan avvalgi uçraşuvda quriliş, energetika, issiqlik, suv ta’minoti va isitiş tizimlari böyiça Farğonada amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan investitsion loyihalar xususida taqdimotlar ötkazilgandi. Muloqotda energetika sohasidagi yangi loyihalarni boşlaş masalasi muhokama etildi.

Xitoylik investorlarning misni qayta işlaş va mis kabellarini işlab çiqariş loyihasini qöllab-quvvatlaşini, buning uçun zarur infratuzilmaga ega bölgan sanoat zonalari borligini bildirdi.

Xitoylik işbilarmonlar uçraşuvda viloyat investitsion salohiyati bilan tanişib, bir qator yönalişlarda hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidlaşdi. Dastlabki bosqiçda 40 mln dollarlik energetika sohasida yirik loyiha - mis kabellarini işlab çiqarişni taşkil etişni ma’lum qildilar. Loyiha natijasida yiliga 100 ming tonna mis qayta işlanadi, içki ehtiyoj qoplanadi, mahsulotlar eksporti yölga qöyiladi. 500 ta yangi iş örni yaratilişi rejalaştirilgan. 

Viloyat hokimi mazkur loyihani amalga oşiriş uçun investorlarga zarur kömak berilişini aytib, dastlabki jarayonni boşlaş böyiça öz takliflarini bildirdi.