13:51 / 08.06.2024
3868

Toshkentda turar joy binolaridagi barcha mozaikalardan reklama bannerlari olib tashlandi

Eng so‘nggi reklama banneri Beruniy ko‘chasi, 2-uy binosidan yechilgan.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod etilganini ma’lum qildi.

Poytaxtda koshinkor qadamalarni saqlab qolish va ularni to‘sib turgan reklama qurilmalaridan xalos etish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Hammasi bo‘lib 70 dan ortiq mozaika, ulardan 40 dan ziyodi aprel oyidan iyunning boshigacha tashqi to‘siqlardan xoli qilingan. Eng so‘nggi reklama banneri Beruniy ko‘chasi, 2-uy binosidan yechilgan.

Biz keng jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni izhor etib, mozaikalar haqidagi ma’lumotlarni mosaic@acdf.uz elektron pochta manziliga yuborish mumkinligini eslatib o‘tamiz, deyiladi xabarda.

Top