Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi va Madaniy meros agentligining talabi bilan, Toşkent şahri Mirobod köçasida binodagi mozaikani tösib turgan reklama banneri olib taşlandi. Bu haqda jamğarma matbuot xizmati xabar berdi.
Reklama bannerining demontaj qilinişi – ötgan hafta qabul qilingan hukumat qarori bilan mozaika kompozitlari madaniy meros obektlari röyxatiga qöşilgani bilan boğliq.
“Vazirlar Mahkamasining 154-son qaroriga muvofiq, mozaikali binolarga reklama bannerlarini örnatiş taqiqlanadi”, – deyiladi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi xabarida.


“Agar siz milliy röyxatga hali kiritilmagan mozaika yoki pannolar haqida ma’lumotga ega bölsangiz, marhamat, [email protected] elektron poçtasi orqali xabar bering”, – deya ta’kidlagan jamğarma.
Ma’lumot uçun, ötgan hafta Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga monumental san’at yodgorliklari sifatida Toşkent va boşqa şaharlardagi 157 ta mozaik panno qöşilgan edi.
Bu pannolar joylaşgan binolar, ularning muhozafa hududlari va ularga tutaş hududlarda rejalaştirilgan har qanday qurilişlar uçun Madaniya meros agentligining xulosasi olinişi şarti belgilandi.













