Madaniy meros agentligi, Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari respublika hududida joylaşgan bino devorida işlangan mozaika kompozitsiyalari, arxeologik, diqqatga sazovor, arxitektura va monumental san’at yodgorliklarini Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga kiritiş böyiça taklifi ma’qullanişi mumkin.

Madaniy meros agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bilan birgalikda respublika hududida joylaşgan bino devorida işlangan mozaika kompozitsiyalari, arxeologik, diqqatga sazovor, arxitektura va monumental san’at yodgorliklarini belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritiş çoralarini köradi.

Bunda:

  • mahobatli san’at yodgorliklari mavjud bölgan turar-joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutaş hududlarida rejalaştirilgan quriliş işlari bilan boğliq bölgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan söng amalga oşiriladi;
  • röyxatga kiritilgan obektlar madaniy meros obekti sanaladi;
  • röyxatga kiritilgan obektlar moddiy madaniy meros obektlari davlat kadastriga va kadastr axboroti Davlat kadastrlar yagona tizimiga kiritilmaydi;
  • mahobatli san’at yodgorliklari mavjud bölgan turar-joy va noturar joylarning kadastr hujjatiga uşbu obektlar madaniy qiymatga egaligi töğrisida tegişli yozuv kiritiş;

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga qöşimça özgartirişlar kiritiladi.