Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toşkent şahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga kiritildi.
Gazeta.uz yozişiça, qarorda reyestrni töldirişdan közlangan maqsad mozaika, panno va tasviriy san’at asarlarini har tomonlama örganiş, asrab-avaylaş va ulardan oqilona foydalaniş, şuningdek, ularning mamlakat turizm salohiyatini rivojlantirişdagi rolini oşirişdan iborat ekani yozilgan.
Röyxatdagi mozaikalar davlat kadastriga kiritiladi. Obektlarning kadastr hujjatlariga ularning madaniy qiymati borligi töğrisidagi yozuv qöşiladi.
Bundan buyon röyxatga kiritilgan obektlar mavjud binolarda, ularning muhofaza tegralari va tutaş hududlarida rejalaştirilgan quriliş işlari bilan boğliq har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligi bilan kelişilişi kerak.
Röyxatga kiritilgan mozaikalarning aksariyati Toşkentda joylaşgan. Şuningdek, unda Nukus, Urganç, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qöqon, Angren, Guliston va bir qança tumanlardagi mozaikalar mavjud.













