Jahon | 17:19 / 11.06.2024
10454
6 daqiqa o‘qiladi

Vovchansk uchun janglar davom etmoqda, Xarkiv o‘qqa tutilmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 838-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Azov dengizida ukrain dronlari buksir va barjaga hujum qildi.
  • RF qo‘shini Xarkivga uchta aviabomba tashladi. Sakkiz kishi yaralangan.
  • Polshada harbiy zavodda portlash ro‘y berdi, bu yerda Ukraina uchun zenit-raketa komplekslari ham ishlab chiqarilgan.
  • Finlandiya rossiyaliklar samolyoti o‘z havo kengligini buzib kirganini gumon qilmoqda. Bu holat mamlakat NATOga a’zo bo‘lganidan buyon ilk bor kuzatilgan.
  • Belgoroddagi telegram-kanalda bolalarning gubernatorga murojaati joylandi — ular o‘z maydonchalari atrofida bombapanagohlar qurishni so‘rashgan.
  • Ukraina oladigan F-16 qiruvchilarining bir qismi boshqa mamlakatlardagi aviabazalarga joylashtiriladi.
  • Z harfi aks etgan bolaga do‘q urgan yekaterinburglik ayol uch yilga qamaldi.
  • Shebekinoda o‘zini mudofaa qilish kuchlarining uch jangchisi hamda «Rossiya 24» telekanali xodimi minada portlab ketdi.
  • Moskvada trizub aks etgan kulon uchun talaba yetti kun muddatga hibsga olindi. Uni Aleksey Navalniy dafn etilgan Borisov qabristoni hududida qo‘lga olishgan.

Xarkiv o‘qqa tutilishi

Xarkiv oblastida yurish qilishga urinayotgan Rossiya qo‘shini oblast markazi bo‘ylab zarbalar berishni davom ettirmoqda. Region rahbari Oleg Sinegubovning aytishicha, 10 iyun kuni shaharning Kiyev va Saltikov rayonlariga KAB-500 aviabombalari tashlangan.

Rossiya aviazarbasi oqibatida 35 ta turar joy, 86 garaj va 22 avtomobil shikastlangan
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
11 iyun kuni tongda jabrlanganlardan biri — qutqaruvchilar uy vayronalari ostidan olib chiqqan 77 yoshli erkak shifoxonada vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Zarba oqibatida yana yetti kishi turli darajada tan jarohatlari olishgan
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Region rahbari Oleg Sinegubovning aytishicha, rossiyalik harbiylar tashlagan bombalardan biri portlamay qolgan. Bombani zararsizlantirish uchun o‘q-dori tushgan joy atrofidagi aholini ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Vovchansk atrofidagi ukrain harbiylari hayoti

Xarkivdan 50 kilometr masofada Vovchansk uchun janglar davom etmoqda, Rossiya qo‘shinining shaharni bir hamlada egallab olishga bo‘lgan urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shahar qariyb to‘liq vayron bo‘lgan, Britaniyadagi The Guardian gazetasi Vovchansk haqidagi maqolasida uni «XXI asrning mini-Stalingradi», «o‘lim, qurollar ovozi va yaqin janglar joyi» deb atagan. Vaziyat og‘ir bo‘lishiga qaramay, ukrainalik harbiylar mudofaani ushlab turishga muvaffaq bo‘lmoqda. Rossiya qurolli kuchlari bo‘linmalari hamon shaharning shimoliy yarmini egallashga va shahar o‘rtasidan o‘tuvchi Volchya daryosini kechib o‘tishni uddalay olmagan. Ukraina qo‘mondonligi Vovchansk uchun janglarda qatnashayotgan harbiylariga dam berish uchun muntazam ravishda rotatsiya amalga oshirmoqda.

Vovchansk tashqarisida, jangga yo‘l olishdan oldin dam olayotgan harbiylarga ko‘ngillilar tomonidan ham oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallari ko‘rinishida yordam yetkazib berilmoqda. Vovchanskning o‘zidagi jangchilarga esa, The Guardian nashri yozishicha, suv, yegulik va o‘q-dori zaxiralarini faqat dronlar yordamida yetkazib berish mumkin
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
The Guardian nashri yozishicha, Vovchansk mudofaasi uchun Ukraina qurolli kuchlarining tajribali jangchilari yuborilgan, shaharni shturm qilayotgan Rossiya bo‘linmalari safida esa yangi safarbar qilinganlar ham ko‘p
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Vovchansk yaqinidagi, egalari janglar tufayli evakuatsiya qilingan uylar ukrainalik harbiylar qisqa muddat dam olishi uchun moslashtirilgan
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Uylardan birida tashkil etilgan oshxonada harbiy oshpaz Viktor ishlamoqda
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Vovchansk uchun janglarda ikki tomon ham dronlarni faol qo‘llamoqda. Ukrainalik jangchilar The Guardian bilan suhbatda aytib berishicha, uchuvchisiz uchish qurilmalari tufayli shaharda zirhli texnikadan foydalanishning deyarli imkoni yo‘q — uni dronlar tezda yakson etadi. Dronlar operatorlarga masofadan turib jang maydonida bo‘layotgan ishlarni vaziyatni real vaqt rejimida kuzatishga imkon beradi. Ukrainalik dron operatorlari ekranda boshqa narsalar qatori Vovchansk ko‘chalarida qolgan rossiyalik harbiylarning jasadlari ham ko‘rinib turadi. «Men ularga achinmayman. Ular muntazam ravishda bizning hududlarni egallashga harakat qilmoqda. Ruslar — zombilashgan odamlar. Agar biz ularni to‘xtatmasak, ular davom ettiradi», — degan jurnalistlarga ukrain jangchisi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Chasiv Yar yaqinida yonib ketgan mashina

RF qo‘shini Donetsk oblastidagi Chasiv Yar shahrini ham egallashga harakat qilmoqda, bu frontning mazkur uchastkasidagi janglar uchun strategik ahamiyatga ega aholi yashash punktidir. Ukrainadagi telegram-kanallar 9 iyun kuni Rossiya qo‘mondonligi bir necha kundan buyon Kanal mikrorayonida kuch to‘playotgani haqida yozgan — bu Chasiv Yarning sharqiy chekkasi sanaladi. «Ukrainskaya pravda»ning Ukraina qurolli kuchlaridagi manbasi ham rossiyalik harbiylar shahar sharqiy chekkasida turgani va artilleriya hamda dronlar ko‘magida oldinga siljishga urinayotganini tasdiqlagan.

Ukraina qurolli kuchlarining Chasiv Yar yaqinida zarbaga uchragan «Kozak-5» rusumli zirhli avtomobili
Jose Colon / Anadolu / Getty Images

Mavzuga oid