Qoraqalpog‘istondagi to‘yda yo‘l talashib, avtomobillarga shikast yetkazgan haydovchilar qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahri sudi 13 nafar ishtirokchiga taalluqli ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi.
Qoraqalpog‘istonda to‘y kortejida yo‘l talashib, bir-birining avtomobiliga qasddan shikast yetkazgan haydovchilarga jazo tayinlandi. Bunday qonunbuzarlikni sodir qilgan 13 nafar shaxsning har biri 15 sutkaga qamaldi. Ularning orasida to‘y egasi ham bor.
Qayd qilinishicha, 12 iyun kuni Kegeyli tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.N. nikoh to‘yida 9 ta mashina Nukus shahridan Kegeyli tumaniga qarab kortej bo‘lib harakatlangan.
To‘y egasi o‘zi o‘tirgan mashina orqasidan birinchi bo‘lib yetib borgan haydovchiga 200 AQSh dollar berishini va’da qilgan. Shundan so‘ng, haydovchilar kimo‘zarga harakatlanib, yo‘l talashib, bir-biri bilan qasddan to‘qnashgan.
13 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahri sudi 13 nafar ishtirokchiga taalluqli ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi. Ular «axloq-odob me’yorlarini mensimaslik, jamoat tartibini buzganlikda» ayblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) ko‘ra 15 sutkaga qamaldi. Jazolanganlar orasida to‘y egasi ham borligi ta’kidlanmoqda.
Shuningdek, to‘y saylida ishtirok etgan 9 ta mashina jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

20:03 / 01.01.2025
«Amaldorlar bitta uzr bilan qutulayotgan vaqtda...» – G‘ayrat Do‘stovning qamalishi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda

10:37 / 01.01.2025
«Zapravka»da videomurojaat qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

20:28 / 03.07.2024
Buxoroda voyaga yetmagan farzandlarining nikoh to‘yini qilgan ota-onalar jarimaga tortildi

21:42 / 23.05.2024