Raqamlar kun sayin oşmoqda
Avvalroq Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buzganlik va mayning faoliyatini qonunga xilof ravişda amalga oşirganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi qöşimçalar kiritilgandi.
Oliy sudning interaktiv xizmatlari portaliga köra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buzganlik uçun birinçi iş 2024 yil 14 may kuni körilgan. Unda 29 yoşli yigit “Binance” platformasi orqali heç qanday tegişli hujjatlarsiz, jami 125 marotaba kripto-aktivlarni sotib oliş, özga şaxsga ötkaziş amaliyotini amalga oşirgani aniqlanib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ötgan 1 oyda respublikada jami 15 kişi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buzgani uçun javobgarlikka tortilgan. Ularning 3 nafariga jarima (ikkitasiga 6,8 mln sömdan, bittasiga 3,4 mln söm) va 12 nafariga ma’muriy qamoq (beştasi 10 sutka, ikkitasi 5 sutka hamda beştasi 3 sutka) jazosi berilgan. Javobgarlikka tortilganlarning 5 nafari 20 yoşga ham tölmagan ösmirlardir.
Qanday jazo bor?
Prezident imzolagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi qöşimça moddalar kiritilgan.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalarga köra, kripto-aktivlarni qonunga xilof ravişda oliş, ötkaziş yoki ayirboşlaş, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oşiriş 15 sutkagaça ma’muriy qamoqqa olişga yoki ma’muriy qamoq qöllanişi mumkin bölmagan şaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Bunda kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etiş qurollari musodara qilinadi.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oşirgan mansabdor şaxslarga esa BHMning 30 baravaridan 40 baravarigaça miqdorda jarima solinadi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi 278-8-moddaga köra, kripto-aktivlarni qonunga xilof ravişda oliş, ötkaziş yoki ayirboşlaş, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oşiriş yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oşiriş şunday harakatlar uçun ma’muriy jazo qöllanganidan keyin sodir etilgan bölsa, BHMning 100 baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yilgaça ozodlikni çeklaş yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.














