Toşkent şahrining Uçtepa tumanida yaşovçi yigit noqonuniy ravişda kripto-aktivlar bilan muomala qilgani uçun ma’muriy jazoga tortildi.

Kun.uz örgangan sud qarorida keltirilişiça, 2024 yil 20 may kuni Toşkent şahar IIBB ATSJQKB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda 2004 yilda tuğilgan fuqaro X.S. “Binance” platformasida “Milliy bola” nomi ostida Samsung Galaxy Not 10 telefon apparatidan foydalanib noqonuniy ravişda kripto-aktivlar aylanmasini amalga oşirgani aniqlangan.

Sud majlisida söralgan huquqbuzar X.S. kripto-aktivlar aylanmasini qonunçilikda belgilangan tartibda oldi-sotdi qiliş kerakligidan xabari yöqligini bildirib, suddan öziga nisbatan jazo tayinlaşda yengillik berişni söragan.

Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining 2024 yil 10 iyundagi qaroriga köra, D.X. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 155-4-moddasi 1-qismida (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 3 kun ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Unga tegişli bölgan va aşyoviy dalil sifatida olingan Samsung Galaxy Not 10 telefoni hamda bank plastik kartoçkasi musodara etilib, tegişli tartibda yöq qilinişi belgilangan.

Oliy sudning interaktiv xizmatlari portalida e’lon qilingan sud qarorlariga köra, sönggi 1 haftada respublikada kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buzişga doir yettita iş körilgan. Ularning ikkitasida huquqbuzarlarga nisbatan 6,8 mln sömdan jarima, qolganlariga ma’muriy qamoq jazolari tayinlangan.

Oldinroq Termiz davlat universitetining 24 yoşli bitiruvçisiga notkoin sotgan uçun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qöllangani xabar qilingandi.