«Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiriş uçun yiğimlar miqdorini belgilaş, ularni tölaş va taqsimlaş tartibi töğrisida»gi Nizomga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat körsatuvçi provayderlar, xususan kripto-birjalar va kripto-dökonlar faoliyati tahlili ularning yetarli darajada rentabelligini körsatgan. 

Şu munosabat bilan, davlat budjetiga qöşimça mablağlar tuşumini ta’minlaş maqsadida kripto-birja va kripto-dökon uçun yiğimlar miqdori oşirilgan. Jumladan, kripto-birja uçun yiğimlar 400 BHM - 740 BHM (136 mln – 251,6 mln söm), kripto-dökon uçun 20 BHM - 185 BHM (6,8 mln – 62,9 mln söm) miqdorida belgilangan. 

Ta’kidlanişiça, kiritilayotgan özgartirişlar davlat budjetiga tuşumlarni kamida 2 barobar oşiriş imkonini beradi, şu bilan birga xizmat körsatuvçi provayderlarning moliyaviy holatiga jiddiy salbiy ta’sir körsatmaydi. 

Mazkur özgartirişlar rasmiy e’lon qilingan sanadan uç oy ötgaç kuçga kiradi.