Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tuğilgan, Termiz davlat universitetining bitiruvçisi bölgan I.N. notkoin sotgani uçun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, 2024 yil 1 iyun kuni fuqaro N.A.ning Toşkent şahar IIBB kotibiyati tomonidan röyxatga olingan arizasi yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilgan. Tekşiruv işlari davomida I.N.ga tegişli telefon apparati hamda bank plastik kartasidan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan şuğullanilgani aniqlangan.
Sud majlisida söralgan I.N. aybini tan olib, kripto-aktivni Telegram ijtimoiy tarmoğida yiğganini, notkoinni 800 ming sömga sotganini hamda buning noqonuniy ekanini bilmaganini aytib, öziga nisbatan yengillik berişni söragan.
Işni körib çiqqan JIB Çilonzor tuman sudi I.N.ni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 155-4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topgan. Unga nisbatan 10 kun ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ma’lumot uçun, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 155-4-moddasi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş bilan boğliq huquqbuzarlik nazarda tutilgan. Uşbu moddaga köra, kripto-aktivlarni qonunga xilof ravişda oliş, ötkaziş yoki ayirboşlaş, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oşiriş 15 sutkagaça ma’muriy qamoq (ma’muriy qamoq qöllanişi mumkin bölmagan şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigaça miqdorda jarima) jazosiga sabab böladi.







