Şvetsiya parlamenti Vaşington bilan mudofaa böyiça bahsli kelişuvga ovoz berdi, deb xabar qilmoqda 18 iyun, seşanba kuni keçqurun qator mahalliy OAV. Beş soat davom etgan bahs-munozaralardan söng kelişuvga 266 deputat ovoz berdi, 37 nafari qarşi çiqdi, qolgan 46 deputat esa majlisda iştirok etmadi. Qonun loyihasi qabul qilinişi uçun 75 foiz ovoz oliş zarur edi.
Qabul qilingan rezolyutsiya muxoliflari bu Şvetsiyada yadro qurolining joylaştirilişiga va bu mamlakatda AQŞ doimiy harbiy bazalari joylaşişiga olib kelişi mumkinligidan xavotirda. «Kelişuv Şvetsiya tuproğida yadroviy qurolga yöl oçadi. Biz yadroviy qurol nişoniga aylanamiz», - dedi muxolifatdagi «yaşillar» partiyasi yetakçilaridan biri Daniel Xelden. Partiya Vaşington bilan kelişuvga keskin qarşi çiqdi.
AQŞ Şvetsiyada öz qonunlariga amal qilmoqçi
Dekabr oyida Stokholm va Vaşington örtasida imzolangan kelişuv Qöşma Ştatlarga Şvetsiyadagi 17 ta harbiy baza va öquv poligonlariga kiriş hamda öz qurol-yaroği, harbiy texnikasi va öq-dorilarini mamlakatda saqlaş imkonini beradi. Şartnoma kuçga kirişi uçun Şvetsiya parlamenti AQŞ harbiy xizmatçilari Şvetsiya hududida bölganlarida Amerika qonunlariga böysunişlarini ta’minlaş uçun zarur bölgan qonunçilikka özgartirişlar kiritişi kerak.
Şvetsiyaning Dagens Nyheter gazetasiga köra, Norvegiya va Qöşma Ştatlar örtasidagi kelişuvda Norvegiya yadro qurolini saqlaş yoki qöllaş maşqlarini qabul qilmaydi, degan band bor. Biroq Şvetsiya-Amerika kelişuvida bunday band yöq, deya qayd etadi naşr, ammo Şvetsiya zarur deb bilsa, ayrim mudofaa materiallarini saqlaşdan boş tortişi mumkin.
Harbiylar: Rossiyaning Su-24 samolyoti Şvetsiya havo hududini buzdi
Rossiya harbiy samolyoti 14 iyun kuni Boltiq dengizidagi Gotland oroli şarqida Şvetsiya havo hududini qisqa muddatga buzdi. Şvetsiya Qurolli kuçlari bayonotida Su-24 ogohlantiriş olgani, biroq unga javob bermagani, şundan söng Şvetsiyaning ikkita JAS-39 Gripen qiruvçisi uni tutib oliş uçun ovora bölgani, ular hamrohligida Rossiya samolyoti Skandinaviya mamlakatini tark etgani aytiladi.
Gotland Rossiyaning Kaliningrad şahridan 300 kilometrdan kamroq masofada joylaşgan bölib, u yerda Rossiya HDFning Boltiq floti ştabi joylaşgan. Şvetsiya harbiy doktrinasiga köra, bu orolni kim nazorat qilsa, u Boltiq dengizidagi havo va dengiz harakatini ham nazorat qilişi mumkin.








