Mamlakatda ğalla örimi davom etmoqda. Lekin fermer va dehqonlarga bölayotgan bosimlar, hosilning ortidan tuşgan “davlat xodimlari”ning harakatlari noroziliklarni keltirib çiqaryapti. Kun.uz ayni masalani ekspertlar bilan tahlil qildi. Suhbatdoşlar fikriça, bölayotgan voqealarning ortida katta korrupsion harakatlar, şaxsiy manfaatlarga davlatni niqob qiliş, lavozimidan foydalangan holda boyiş maqsadi yotibdi. Bu fermerlar orasida davlatga bölgan işonçni susaytirib, qonunsizlikni avj oldiradi.

Bahorning sönggi kunlaridan ijtimoiy tarmoqlarni yana fermer-u dehqonlarning oh-vohiga töla videolar töldira boşladi. Masalan, Qaşqadaryo viloyati Kökdala tumanida ğalla örimini boşlagan fermer qarşilikka uçradi. Dalaga borgan IIB xodimi, sektor rahbari muovini va boşqalar uning faoliyatiga aralaşib, örimni töxtatib qöydi. Xuddi şunday holat Xorazmda ham takrorlangan.

Sobiq deputat Rasul Kuşerbayev fikriça, bu kabi xatti-harakatlar – ibtidoiy jamoa tuzumidagi qonunsizlik, bosqinçilik va talon-tarojni eslatadi. Oqibatda esa zarar va jabr körgan dala ahlining özi böladi. Qarşiliklar va aralaşuvlar fermerlarning boyimasligi, keyingi ekiş işlariga keçikişi va hosildan ayrilişiga xizmat qiladi, deydi Kuşerbayev.

Agrobiznes uyuşmasi rahbari Ikromovga köra, qonunçilik nuqtayi nazaridan fermerlar faoliyatiga aralaşuv taqiqlangan. Biroq amaliyotda ular erkin emas. Boşqa qişloq xöjaligi mahsuloti ekkanlar nisbatan erkin, lekin ğallaga kelganda hosilning doim egalari paydo böladi. Bu esa fermerlar zarariga öynab, hosildan quruq qolişga, közlangan foydani ololmaslikka sabab böladi.

Bundan taşqari, suhbatda örim uçun eng muhim bölgan kombayn va uning egalariga munosabat ham muhokama qilindi. Suhbatdoşlarning fikriça, Özbekistonda yaqin 4-5 yilda kombaynlar inqirozi yuz beradi. Çunki har bir odam bu turdagi texnikani özi sotib oladi, kreditga olgan taqdirda ham uni özi söndiradi. Lekin ular kombayniga özi egalik qilolmaydi. Ğalla örimini boşladim degunça, unga rahbarlar köpayadi. Bu esa texnika egalarining hafsalasini pir qilmoqda. Yaqin yillarda heç kim pulini kombaynga tikmaydi va ğallani qölda örişga majbur bölib qolişimiz mumkin, deydi Kamoliddin Ikromov.

Xorazmlik dehqon Islombek Rajapov ötgan yili xuddi şunday «reyderlik» qurboni bölgan. Ötgan oktyabr oyida tadbirkordan ijaraga yer olib faoliyat yuritayotgan dehqon buğdoy ekkan. Şu kunlarda ğalla örimini boşlagan dehqonning oldiga Xorazm viloyati Urganç tumani IIB boşliq muovini, uçastka inspektori va YPX xodimi kelib, ğalla örimini töxtatişni hamda belgilangan miqdordagi buğdoyni tezda davlatga topşirişni talab qilgan.