Soğliqni saqlaş tarmoğida nodavlat tibbiyot muassasalari uluşi barqaror ösmoqda. Islohotlar, litsenziyalaş jarayonlarini raqamlaştiriş hamda akkreditatsiyaning milliy standartlarini joriy etiş orqali xususiy sektor uçun qulay işbilarmonlik muhiti yaratildi.
Ma’lumotlarga köra, 2017 yilda xususiy şifoxonalar soni qariyb 3,5 mingta bölgan bölsa, bugungi kunda 9 mingdan oşib ketgan. Şu bilan birga, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlarda xususiy uluş 10 foizdan 30 foizga yetgani qayd etilmoqda.
Yönalişlar kesimida
- laboratoriya xizmatlari — 40 foiz xususiy sektor hissasi;
- oftalmologiya va operativ oftalmologiya — 60 foiz;
- LOR va endoskopik LOR — 70 foiz;
- stomatologik taşxis va muolajalar — 91 foiz (asosan xususiy klinikalar).
2025 yilda litsenziyalaş jarayonlari töliq raqamlaştirildi. Lisenziyalaş va akkreditatsiyalaş böyiça konsalting xizmatlari yölga qöyildi. Tibbiyot taşkilotlarini akkreditatsiyalaşning Milliy standartlari tasdiqlandi. Xususiy sektor tibbiyot xodimlarining malakasini oşiriş tizimi yölga qöyildi
Çegara hududlarda klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni öz içiga olgan tibbiyot klasterlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Xususiy tibbiyot infratuzilmasining kengayişi xizmatlar qamrovi va sifati oşişiga, raqobat va samaradorlikning kuçayişiga xizmat qilmoqda. Yangilangan tartiblar bozor iştirokçilari uçun şaffof va barqaror muhit yaratadi.







