Resto: mazali taomlardan BYD yutib olish imkoniyati
Resto – Toshkentning qoq yuragi bo‘lgan Amir Temur xiyoboni yaqinida faoliyat boshlagan yangi restoran. U o‘zining yangicha uslubi bilan xo‘randalar hayotiga kirib kelmoqda.
Resto restorani xo‘randalarga oilaviy taomlanishning yangi talqinini taklif eta oladi. Resto’dagi taomlar professional oshpazlar tomonidan eng yaxshi an’analar asosida tayyorlangan. Shu sababli, bu yerda har bir mijoz o‘z yaqinlari bilan sevimli tansiq taomlarini tanovul qilishlari mumkin.
“Bizning konsepsiyamiz 3 xil yo‘nalishda: mualliflik taomlari, turk oshxonasi, sushi-baliqlar tayyorlashdan iborat. Buning asosiy sababi, hammaning didi turlicha. Biz bu yerda oilaviy kelganlar uchun bolalar tanlovi alohida, kattalar tanlovi alohida bo‘lishini hisobga olganmiz.
Oilaviy aylanishga chiqilganda yosh bolalarni o‘ynaydigan joy muammo bo‘lmasligi uchun bolalar maydonchasi ham yaratilgan”, deydi loyiha rahbari Maqsad Mansurov.
Resto farzandlari bilan kelgan mehmonlarga vaqtlarini ajoyib tarzda o‘tkazish imkonini beradi. Bu yerda tashkil qilingan bolalar maydonchasi har qanday injiq bolani ham ovutishi aniq.
Resto shunchaki ovqatlanadigan joy emas. Bu qulaylik, hashamat va lazzatli taomlar birlashadigan joy. Restoran oilaviy taomlanish uchun ham, do‘stlar davrasi uchun ham munosib tanlov bo‘la oladi. Bir vaqtning o‘zida 500 tagacha xo‘randani o‘z bag‘riga sig‘dirib mazali taom ulashadigan ushbu restoranda 120 nafar kishidan ortiq tajribali jamoa faoliyat yuritmoqda.
Xo‘randalarga nafaqat sevimli taomlar, balki a’lo sovg‘alar bilan xushnud qilish maqsadida Resto o‘zining sadovatli mijozlariga BYD elektromobilini yutib olish imkoniyatini ham taqdim etadi. Buning uchun shunchaki restoran tanlashda adashmaslik va mazali taomlardan bahramand bo‘lish kifoya qiladi.
“Restoran hamma uchun” degan shior bilan ishlaydigan jamoa barcha taomlarni yuqori sifat va mehr bilan taqdim etishadi. Har bir mijoz didini hisobga olgan holda dunyo taomlari, milliy taomlar, parhezbop yeguliklar va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar Resto’ga yana qayta kelishga majbur qiladi.
📞 Batafsil ma’lumot: +998 55 514 11 11 raqami orqali.
Reklama huquqi asosida