Andijon, Farg‘ona va Surxondaryoda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
Uchta holatda qariyb yarim mlrd so‘mlik elektr energiyasidan foydalanganlik holatlari aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda Andijon, Jarqo‘rg‘on, Rishton tumanlari va Marg‘ilon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxslar fosh etilgan.
Jumladan, departamentning Andijon tuman bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda “K.D.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar “Sultonobod” MFY hududidagi umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘rnatilgan hisoblagichga qasddan tashqi ta’sir ko‘rsatib, 269 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi, IIB va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro J.P. Oqtepa mahallasidagi ekin yer maydonida elektr suv nasosni umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab 227,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Rishton tumani va Marg‘ilon shahri bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “B-M.” fermer xo‘jaligi va “M.M.” xususiy korxonasi rahbarlari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida 186,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:25 / 09.12.2024
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritiladi
18:59 / 23.08.2024
«O‘zenergoinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
14:51 / 08.07.2024
6 oyda 550 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlandi - Energoinspeksiya
16:48 / 06.07.2024