Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida gazdan noqonuniy foydalangan neftni qayta ishlash zavodi va fermer xo‘jaliklari aniqlandi
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor nazorat tadbirlarida uchta fermer xo‘jaligi shartnoma va loyiha hujjatlarisiz o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani holatlari aniqlangan.
Xususan, Chinoz tumanida joylashgan Neftni qayta ishlash zavodi 271,1 mln so‘m, Zangiota tumanida joylashgan “Sh.-B. A.” fermer xo‘jaligi 209,6 mln so‘m hamda O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro M.A. ga qarashli fermer xo‘jaligi 208 mln so‘m, jami 688 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026