13 iyul kuni Pensilvaniya ştatidagi saylovoldi mitingi çoğida Donald Trampni öldirişga uriniş AQŞ Maxfiy xizmatining sönggi ön yilliklardagi — aynan aytilsa, 1981 yilda prezident Ronald Reyganga uyuştirilgan suiqasddan beri kuzatilgan eng yirik muvaffaqiyatsizligi böldi, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi.

AQŞ Kongressining bir neça qömitasi maxsus xizmatlar faoliyatini tekşirmoqçi. Xususan, vakillar palatasining nazorat böyiça qömitasi raisi Jyeyms Komer allaqaçon 22 iyul kuni Maxfiy xizmat direktori Kimberli Çitl iştirokida tinglov ötkazilişi rejasini ma’lum qilgan.

Jurnalistlar suriştiruv davomida maxsus xizmatlarning Batlerdagi miting ötkaziladigan hududdagi xavfsizlikni ta’minlaş böyiça tayyorgarlik işlari tahliliga katta e’tibor qaratilişini taxmin qilişgan: 20 yoşli, yolğiz harakatlangan öqotar qanday qilib Tramp çiqiş qiladigan joy yaqinidagi tomda öt oçiş pozitsiyasini egallaşga muvaffaq bölgani haqidagi savolga javob topiş uçun.

«Reallik şundaki, Maxfiy xizmat voqea joyidan 100 yard masofadagi oçiq tomni kuzatiş uçun yetarli resurs ajrata olmagani uçun heç qanday oqlov yöq», — degan Maxfiy xizmatning sobiq xodimi Bill Pikl.

U agar maxsus xizmatlar xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlay olganida, öqotar birorta öq uzişga ulgurmasligi kerak edi deb hisoblaydi. Şu bilan birga, naşr Maxfiy xizmat mergani jinoyatçini mitingda otişma boşlanişidan «zum ötmay» otib öldirganini qayd etgan.

Maxsus xizmatlar Batlerdagi miting oldidan qanday xavfsizlik çoralarini körgani haqida ma’lumotlar köp emas. Maxfiy xizmatning sobiq xodimlari jurnalistlarga aytişiça, odatda bunday tadbirlardan oldin maxsus xizmatlar yaqin atrofdagi binolar va korxonalarni tekşiradi, şuningdek tadbir doirasidan taşqaridagi kuzatuv va xavfsizlik masalalarida mahalliy huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik örnatadi.

Maxfiy xizmatning iste’fodagi yuqori martabali agenti Donald Mihalek Trampning Batlerdagi mitingi kabi oçiq osmon ostida ötuvçi tadbirlar maxsus xizmatlarga qöşimça qiyinçilik tuğdirişini ta’kidlaydi. «Siz butun şaharni yopib qöya olmaysiz», — deydi u.

Saylov mavsumida maxsus xizmatlar işi yanada qiyinlaşadi, çunki qoidaga köra prezidentlikka nomzodlarning grafigi tartibsiz böladi va unda rejadan taşqari tadbirlar paydo bölib qolişi mumkin, natijada Maxfiy xizmatda unga tayyorgarlik köriş uçun vaqt yetarli bölmaydi, deydi Mixalek. WSJ naşri yozişiça, Trampning ştabi Pensilvaniyadagi miting haqida 3 iyul kuni, uning ötkazilişiga ön kun qolganida e’lon qilgan. Maxsus xizmatlar bunday tadbir rejalaştirilayotgani haqida undan oldinroq boxabar bölgani ma’lum emas.