AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela ustidagi havo kengligi butkul yopilganini e’lon qildi. Venesuela hukumati Trampning bayonotini «Venesuela xalqiga nisbatan navbatdagi ğayrioddiy, noqonuniy va asossiz tajovuz» deb atadi.

AQŞ oktyabr oyidan buyon Karib dengizi havzasidagi harbiylari sonini oşirmoqda va buni giyohvandlik moddalar savdosiga qarşi kuraşni kuçaytiriş zarurati bilan izohlamoqda. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bu da’volarni rad etadi va bölayotgan voqealarni özini hokimiyatdan ağdarişga uriniş deb hisoblaydi.

«Barça aviakompaniyalar, uçuvçilar, giyohvand moddalar savdogarlari va odam savdogarlariga murojaat qilaman, şuni yodda tutingki, VeNeSUELA VA UNING ATROFIDAGI HAVO MAKONI YoPILDI. E’tiboringiz uçun rahmat!», – deya yozdi şanba kuni AQŞ prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

«Venesuela bugun ijtimoiy tarmoqlarda AQŞ prezidenti tomonidan e’lon qilingan bayonotni qat’iyan rad etadi, unda u AQŞning Venesueladagi noqonuniy yurisdiksiyasini eksterritorial tarzda qöllaşga harakat qilmoqda», – deya munosabat bildirdi Venesuela TIV.

Sentyabr boşidan buyon AQŞ Karib dengizi va Tinç okeaning şarqiy qismida giyohvand moddalar taşişda gumonlangan 20 dan ortiq kemalarga zarbalar yöllagan, natijada kamida 83 kişi halok bölgan.

Avvalroq AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi (FAA) xalqaro aviakompaniyalarni Venesuela yaqinida kuçayib borayotgan keskinlik tufayli yanada ehtiyotkor bölişga çaqirgan: bunga harbiy faollik kuçayişi, mintaqadagi beqarorlik va xavfsizlik bilan boğliq vaziyat yomonlaşgani sabab qilib körsatilgan.

Natijada yirik aviataşuvçilar parvozlarni töxtatişga qaror qilgandi. Keyinçalik Karakas oltita aviakompaniya – Iberia, TAP, Gol, Latam, Avianca va Turkish Airlines’ga öz hududida qönişni taqiqladi (48 soat içida parvozlarni tiklaşga ulgurmagani uçun).

AQŞ Venesuela qirğoqlarida faol ravişda harbiy iştirokini kuçaytirmoqda. Mintaqaga «Jyerald Ford» aviataşuvçisi, atom suvosti kemasi, dengiz piyodalari va boşqa jangovar kuçlar yuborilgan.

Bu 1989 yilda Panamaga bostirib kirganidan beri mintaqadagi Amerika qöşinlarining eng katta ösişidir. Noyabr oyi örtalariga kelib, mintaqadagi amerikalik harbiylar soni 15 ming kişiga yetgandi.

Puerto-Riko hududida desant tuşiriş va strategik bombardimonçi samolyotlar zarbalarini imitatsiya qiliş böyiça maşğulotlar ötkazilmoqda.

Bularning barçasi giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraş şiori ostida sodir bölmoqda, ammo tahlilçilar asl maqsad prezident Maduroni ağdariş deb hisoblamoqda.