Özbekistonda professional va oliy ta’lim yönalişlariga öqişga kiriş uçun davlat imtihonlari 14 iyul kuni boşlangan edi. Huquqşunoslik fanidan test yeçgan abituriyentlarning Kun.uz'ga aytişiça, test savollarini tuzişda belgilangan adabiyotlardan çetga çiqilgan.

Abituriyentlarga köra, Bilim va malakalarni baholaş agentligi tavsiya etmagan qonun va kodekslardan savol-topşiriqlar berilgan.

“Masalan, Qoraqalpoğiston Respublikasi madhiyasiga hurmatsizlik körsatganlik uçun qanaqa jazo tayinlanadi? Kitobda bunaqa ma’lumot yöq. Madhiya töğrisidagi qonunni oçib körsam, eng kam oylik iş haqining 25 baravarigaça jarima 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari ekan. Yana bir testda prezidentlik saylovi va referendum paytida madhiya soat neçada aytiladi? Boşqasida esa moliyaviy nazorat organlari söralgan”, – deb yozgan murojaatçilardan biri.

Şuningdek, bunday murojaatlar ijtimoiy tarmoqlarda ham aylanib yuribdi. Jumladan, bir murojaatda davlat ramzlari töğrisidagi qonunlar (bayroq qaçon kötarilişi, madhiya soat neçada aytilişi va h.k.), davlat budjeti töğrisidagi qonunlar söralgani aytiladi.

Bilimini tekşiriş uçun testga kirib çiqqan bir yurist ham savollarni körib hayron qolganini yozgan. “Savollar meni qiynab qöydi. Alamlisi, metrodan foydalaniş qoidalarini buzsa, jarima miqdori söralgan. Viloyatlik bola metrodan foydalanişni bilmaydi, körmagan bölsa, jarimani qayerda bilsin. Bundan taşqari sanksiyalarni hatto professor yuristlar yoddan bilmaydi”, – deb yozgan u.

Tarmoqlarda tarqalgan bir öquv markazi xodimi abituriyentlariga huquq fanidan berilgan 30 ta savolning 15 tasi Ma’muriy javobgarlik va Jinoyat kodeksidan tuşganini, bunday holat boşqa abituriyentlar bilan ham sodir bölganini ma’lum qilgan.

Noroziliklar köpaygaç, holatga Bilim va malakalarni baholaş agentligi rasmiy munosabat bildirdi. Agentlik tavsiya etilgan darsliklar va öquv adabiyotlari röyxatini öz saytiga avvaldan joylaştirganini eslatgan.