Prezident Şavkat Mirziyoyev abituriyentlarni öqişga qabul qilişga oid yana bir taşabbusni ilgari surdi.
«Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlaş imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakraş, desak adolatdan böladi. Buni yanada kengaytiramiz», – dedi davlat rahbari.
Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bölsa, lekin töplagan balli boşqa oliygohdagi tölmagan yönalişga töğri kelsa, şu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilişi mumkin böladi.
Bu davlat va xususiy oliygohlar örtasida raqobatning rivojlanişiga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Davlat rahbari rektorlar vakolatini kengaytiriş va mas’uliyatini oşiriş böyiça yangi tizim joriy qiliş zarurligini ta’kidladi.
Endilikda, Yangi Özbekiston universitetining baholaş tizimi oliygohlarda ham yölga qöyiladi.
Moliyalaştiriş oliygohlar töplagan ballariga qarab amalga oşiriladi.
Oliygohlarga bitiruvçilar bandligiga qarab – 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uçun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotişiga qarab – 30 ball, ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uçun – 20 ball; tadqiqotlar uçun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uçun 10 ballgaça beriladi.
Masalan, Qarşi texnika universiteti jami ballarning 85 foizini töplasa, bu yilgi budjetdan berilayotgan 78 milliard sömga qöşimça 20 foizlik bonus beriladi. Agar 56 foizdan kam töplasa, keyingi öquv yiliga moliyalaştiriş qisqaradi.
Milliy universitet, Irrigatsiya kabi ilmiy oliygohlar, Madaniyat va san’at, Konservatoriya kabi ijtimoiy oliygohlarni texnika yönalişidagi amaliy oliygohlar bilan tenglaştirib bölmasligi qayd etildi.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga reyting mezonlarini işlab çiqişda buni ham hisobga oliş topşirildi.
Bundan buyon bitiruvçilarni işga joylaşda özini özi band qilganlik inobatga olinmasligi belgilandi.
Yangi Özbekiston universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi.
Öquv kursida eng yaxşi natija körsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oşiriş uçun Garvard universitetiga yuboriladi.













