Liviya inqirozi: Qazzofiyning siyosati, ağdarilişi va undan keyingi böliniş
|18:55 / 21.07.202416 38622 min
“Arab bahori” vaqtida yuz bergan inqiloblardan heç biri öylagan maqsadiga erişmadi. Liviya ham şu davlatlar qatorida edi. 42 yil hukmronlik qilgan diktator Muammar Qazzofiy ağdarilgan bölsa-da, bu Liviya xalqiga röşnolik keltirmadi. “Geosiyosat” Yaqin Şarq masalalari böyiça ekspertlar bilan Liviya inqirozi va Qazzofiyning siyosatini tahlil qildi.
— Liviyada fuqarolar uruşi qanday boşlandi?
Bektoş Berdiyev: — Qazzofiy örtahol, kambağalroq oiladan çiqqan, alohida xarizalari bilan ajralib turardi. Hokimiyatga kelgaç, Ğarb davlatlariga qarşi siyosat olib bordi, birinçi navbatda ularning investitsiyalarini milliylaştirdi, ya’ni Liviyadagi çet el neft kompaniyalari aktivlarini tortib oldi. Qazzofiy bilardiki, Yevropa davlatlari Liviya neftiga muhtoj, Örta Yer dengizi tomondan Yevropaga eng yaqin neft-gaz potensiali Liviyada edi. Qazzofiy dunyo bozorida neft narxi oşib borişidan yaxşi foydalanib, mamlakatni iqtisodiy va mavqe jihatdan östirdi. Lekin şu sabablar Ğarb davlatlari bilan munosabatlar yomonlaşuviga, Qazzofiyga tiş qayraşiga olib keldi. Qazzofiyning katta miqdorda neft sotişi ba’zi arab davlatlari va ba’zi OPECʼga a’zo davlatlarga yoqmasdi. Bundan taşqari, Qazzofiy Ğarbga qarşi ba’zi kampaniyalarni ham moliyalaştirgan. Bu oqibatida kelib çiqqan fojialar uçun na javogarlikni tan olardi, na keçirim sörardi. Ğarbga yana bir yoqmaydigan tomoni oldin Sovet ittifoqi, keyin Rossiya bilan yaqin bölgani va arab sotsializmi ğoyasini ilgari surişi edi. Şu kabi sabablar tufayli Ğarb davlatlari bilan munosabatlar sovidi.
Lekin Qazzofiy qölidagi katta moliyaviy resurs Ğarb davlatlarida qiziqiş uyğotardi. Qazzofiy Ğarb davlatlari banklariga katta miqdorda pullar qöyar, bundan ular foydalanardi. Hatto Sarkozining saylovoldi kampaniyasini ham Qazzofiy moliyalaştirgani haqida gaplar çiqqan edi. Britaniya sobiq boş vaziri Toni Blerni öziga maslahatçi sifatida yollagani xaqida ham gaplar bor edi.
Rossiyalik ekspertlar tomonidan ilgari suriladigan Qadim Nubiya hududidagi (Çat, Sudan,Liviya, Misr) çuçuk yerosti suvlari manbasi haqida gaplar bor. Bu suv zaxirasi Bayyeal köli suviga teng ham deyiladi. Bu neftdan ham qimmatroq resurs hisoblanadi. Qazzofiy şu muvlar orqali yerosti daryolari qurib, Liviya qişloq xöjaligini ham rivojlantirib, mamlakat iqtisodini kötaruvçi katta loyihalar boşlagandi. Bu Ğarb davlatlariga yoqmasdi. Arab davlatlarini tanqid qilgani uçun ularga ham yoqmas edi.
— Qazzofiy Ğarbga, Isroilga qarşi bayonotlari bilan ham köp eslanadi. Şu mavzuga ham töxtalsak
Mavzuga oid
.
Farhod Karimov: — Qazzofiy Ğarb davlatlari Afrika mamlakatlarining resurslari hisobiga şunday qudratli bölganini qayta-qayta takrorlardi. Şunday imkoniyatlarni Afrikaning özida qoldirib, kuçli integratsion mintaqa yaratiş mumkinligini aytgan, bunga könmagan davlatlarni esa xoinlikda ayblagan. Şunday çiqişlari bilan ham öziga xos statusga ega şaxs sifatida şakllangan.
Boşqa arab davlatlarida unga “Telba Muammar” deb laqab ham qöyilgan, çunki uning xalqona çiqişlarini öz jamiyatiga ta’sir qildirmaslik kerak edi. Şu sabab telba şaxs sifatida tasvirlaşgan uni. Qazzofiy integratsiya bölgan Afrika davlatlari birlaşmasini şakllantirişga bölgan harakatlari bilan ham maşhur bölgan. Lekin bu maşhurlik öziga qarşi işladi. 70-yillarda boşlagan islohotlariga keyinçalik özi amal qilmaslikni boşladi. Ijtimoiy, hamma teng bölgan davlat tuzişga harakat qildi, ammo korrupsiya köpaydi, öz qarindoşlari, qabiladoşlariga köplab imkoniyatlar berib, nepotizmga yöl qöydi. Boşida xususiy mulkka ruxsat yöq edi, ammo Sovet ittifoqi zaiflaşgaç, 80-yillar oxiriga ruxsat beriladi Liviyada ham. Xususiy mulk köpayadi, investitsiyalar kiradi. Lekin u öz yaqinlariga beradi köproq sektorlarni. Ayrim etnik guruhlarni tan olmaydi, masalan, berberlarni tan olmay, bunday xalq yöq, deydi. Natijada ijtimoiy bölinişlar, Qazzofiy siyosatini qöllamaslikka olib keladi. Neft-gaz kompaniyalari qarindoşlariga ötib ketadi, quriliş kompaniyalari sobiq quroldoşlariga, qabiladoşlariga ötadi. Oqibatda içki duşmanlar ham köpayadi Qazzofiyga.
Uning noodatiy qarorlari ham böladi. Masalan, ayollardan iborat qöriqçilar gvardiyasi tuzadi, faqatgina oq tanli ayol şifokorlar davolaydi uni. U şariatga mos bölgan prinsiplar bilan boşqarişni aytadi, ammo özi bunga zid işlar qiladi. Şu sabab uni qöllovçilar kamayadi.
Lekin uning ijtimoiy siyosati boşida yaxşi iş bergan. Ta’lim, tibbiyot kabi sohalar tekin bölgan, jon boşiga kamida ming dollar maoş tayinlangan, 80 foiz aholi qaşşoqlikdan çiqqan. Özi yoqtirmaydigan qabilalar yaşaydigan hududlarga bu siyosat unçalik yetib bormagan, keyinçalik bu narsa kengayib ketgan va tamoyillari öziga qarşi işlay boşlagan.
Muxtor Nazirov: — Qazzofiy jamaxiriya siyosiy tuzumini örnatadi, dunyoda boşqa bunday tuzum yöq. Qazzofiy heç qaçon an’anaviy rasmiy kiyim kiymagan, badaviylarga xos kiyingan va şunday siyosiy madaniyat olib kirişga harakat qilgan. Jamaxiriya ham sotsialistik tuzum bölgan, Sovet ittifoqi yaqin hamkor sifatida körilgan.
Qazzofiyning milliylaştiriş siyosati ham qabila-uruğçilikka asoslangan edi. Qazzofiy Ğarbga qarşi bölgan davlatlarni, kuçlarni qöllaşi, bayonotlar berişi Ğarbga yoqmas edi. U qöllagan kuçlar tomonidan Britaniyada samolyot urib tuşirilişi kabi holatlar sabab Liviyaga nisbatan 2 marta BMT sanksiyalari qöllangan. Şu sanksiyalar sabab ham Qazzofiy Afrika integratsiyasi böyiça loyihalarni kuçliroq ilgari surdi.
Çat bilan çegara muammolari, Fransiya moliyalaştirgan biznes obektlari joylaşgan yerlardagi isyonçilarni qöllaşi ham AQŞ, Britaniya, Fransiyani Liviyaga qarşi qilib qöyadi. Bundan taşqari, Örtayer dengizida eng katta sohil Liviyaga tegişli, Ğarb davlatlari energetik tomondan boşqa davlatlarga boğlangan, şu sabab ham Qazzofiy siyosatiga ta’sir qilişga urinişgan. Yevropaga boruvçi muhojirlar ham eng köp Liviya orqali ötadi.
Sovet ittifoqi qulagaç, Qazzofiy xam özgara boşladi. Ba’zi teraktlarda aloqadorligini tan olib, kompensatsiya ham tölagan. Munosabatlarda taranglikdan çiqişga harakat qilgan. Ammo mintaqadagi geosiyosiy jarayonlar Liviyani ham çetlab ötmadi va şuning qurboni böldi.
— 1986 yilda AQŞ Tripolini bombardimon qiladi, lekin maqsadiga erişolmaydi. Öşa payt nega uruş kengayib ketmagan, sabablari nimada?
Bektoş Berdiyev: — U vaqtda Örtayer dengizida AQŞ bazalari kam edi. Bundan taşqari, Liviyada Sovet ittifoqidan olingan havo mudofaa tizimlari bor edi, buni yorib ötadigan hujum esa katta bölişi kerak edi. Yana bir omil şuki, öşa paytda hamma Ğarb davlatlari ham AQŞni qöllamagan. Çunki Yevropa davlatlari Liviyadan keladigan energiya resurslari uzilişidan xavotirda edi. Şundoq ham Eron-Iroq uruşi neft eksportini qiyinlaştirayotgan edi.
Tripoliga hujum, Qazzofiyga suiqasdlarda Sovet ittifoqi razvedkasi katta yordam bergan. Sovet ittifoqi omili ham AQŞni tiyib turgan.
Muxtor Nazirov: — Iqtisodiy omil ham bor. AQŞ 2003 yilda Iroqqa kirganda hamma Ğarb davlatlari ham qöllamagan, Fransiya, Germaniya qarşi çiqqan. Liviya masalasida ham şunday. Liviya geografik Italiyaga yaqin, ikki davlat örtasida gaz quvurlari ham qurilgan öz vaqtida. Şu kabi iqtisodiy omillar ham ta’sir qilgan.
Farhod Karimov: — Siyosiy manfaatlar ham bor. Çat uruşidan keyin askarlar olib çiqişda ba’zi qolib ketgan askarlardan voz ham keçilgan. Qiziği, u yerda general Haftar ham bölgan yaqin dösti bölgan. 80-yillar oxirida pozitsiyalari özgargan Qazzofiyning, Ğarb bilan yaqinlaşişni kötargan. Ungaça AQŞ Qazzofiga opponent bölgan siyosiy şaxslarni şakllantirişga uringan, general Haftar şular jumlasidan. Qazzofiyning Ğarbga nisbatan pozitsiyasi yumşagaç, AQŞ va Ğarb u bilan qarama-qarşilikni eskalatsiya qilişdan qoçgan. Qazzofiy yumşaşiga yana bir sabab Sovet ittifoqi uni töliq qöllaşini aytmagan, çunki ittifoq Afğonistonda uruş olib borayotgan edi, ya’ni muammolari yetarli bölgan.
Ammo 90-yillar oxiri, 2000-yillarga kelib vaziyat yana eski holga qaytdi. Şundan keyin AQŞ va uning ittifoqçilari Liviyaga kiradi.
— Tripoli xartiyasiga qisqaça töxtalsak.
Farhod Karimov: — Bu ğoya özi, arab davlatlari mustaqil bölgaç birlaşa boşlaydi, Isroil bilan mojarolarga boğliq bu. Isroil bilan uruşlarda mağlub bölgaç, arab davlatlari birlaşmoqçi böladi va Liviya yetakçilik qiladi bunda. Tripolini Isroilga qarşi arab birligi markazi sifatida e’lon qiladi. Lekin bu xartiya oxirigaça bormadi. Çunki Suriya va Misrni birlaştiruvçi umumiy hudud keyinçalik baribir 2 ga bölinib ketdi, u yerda Hofiz Asad hokimiyatga keladi. Fors körfazida katta neft zaxiralari aniqlanib, Ğarb davlatlari kirib kelişi ham bunga sabab böladi. Fors körfazi arab davlatlari Ğarbga yuzlanadi, panarabistik va sotsialistik arab davlatlari esa xartiyada qoladi. Xartiyada yana kelişmovçilik böladi, Hofiz Asad xartiyadagi boşqa davlatlar bilan raqobatga kirişa boşlaydi, Qazzofiy bilan ham raqobat böladi keyinçalik. Qazzofiy va boşqa sotsialistik davlatlar ambitsiyalari, Misrning Ğarbga nisbatan moyillik bildirişi, Kemp Devid şartnomasi imzolanişi bilan xartiyada asosiy qonun-qoidalardan voz keçiladi.
— Qazzofiy hokimiyatining yiqilişi qanday keçgandi? Fuqarolar uruşi va “Arab bahori” haqida ham töxtalsak.
Bektoş Berdiyev: — “Arab bahori”ga qadar Qazzofiy hokimiyati yiqilişi pişib yetilgan. Çunki uning siyosati Ğarbga umuman yoqmasdi, geosiyosiy taranglik bor edi. Ança katta bayonotlar bilan çiqardi Ğarbga nisbatan, arab monarxlarini ham tanqid qilardi, Ğarbga xizmat qilişda ayblab. Uzoq yillik hokimiyati davomida zamonaviy, erkin fikrli yoşlarni, siyosatçilarni xorijga quvib yuborgan yoki qamoqqa olgan, öldirgan, söz va siyosiy erkinlik böğilgan. Şu sabablar bilan içki jamiyatning ham sabri tugagan edi. Ijtimoiy, iqtisodiy imkoniyatlar yaxşi bölgani bilan söz va siyosiy erkinlik yöqligi sabab muxoliflar şakllangandi.
“Arab bahori” boşlangaç, Ğarb davlatlari tomonidan tayyorlangan muxolif kuçlar kirib keldi, bu tan olinmaydi aslida. Şunday kuçlar qözğolon boşladi, Qazzofiy esa jazolovçi armiyasini işga soldi. Bu armiyaning vahşiyliklari butun dunyoda körsatildi. Qazzofiyning özi ham jarayonlarni nazorat qilolmay qoldi, boşqaruv apparati sust ekani körinib qoldi. Yoş qatlam Qazzofiyga qarşi çiqdi, şaharlarni bosib ola boşladi, taşqi ta’sir ham böldi. Ğarb davlatlari Qazzofiy aviatsiyasini uçolmaydigan qilib qöydi, hududni uçiş taqiqlangan hududga aylantirib. NATOning havo kuçlari Qazzofiy armiyasiga katta zarbalar berdi. Qazzofiy armiyasi qurollari eski ekani, boşqaruv apparati zaif ekani körinib qoldi. Oxiri esa fojia bilan tugadi.
Farhod Karimov: — Içki siyosat ham bor edi. Qazzofiyning etno siyosiy qaraşlari, ya’ni ma’lum bir uruğ-qabilalarga imtiyozlar berişi, boşkalarini esa tan olmasligi sabab mamlakat içida böliniş bor edi. Qazzofiyning ijtimoiy siyosati asosan ğarbiy Liviyada işlaydi, şarqiy qismda esa bunday nazorat yuk edi, 40 foiz aholi qaşşoqlikda yaşardi. Bu narsa hukumatga nisbatan işonçsizlik va nafratni şakllantirgan, “Arab bahori” esa faqat turtki böldi.
Yana bir omil – işsizlik. Şunça işsiz aholi bölsa ham, neft va boşqa korxonalarga mutaxassislarni boşqa davlatlardan olib kelardi. Bu ham unga nisbatan nafrat uyğotgan. Yoşlarning işonçsizligi ham şundan şakllangan.
Katta resurslar Qazzofiy oilasi vakillariga tegişli bölib qoldi, qolganlar hukumatdan ham, resurslarga egalikdan ham çetlatildi. Şu kabi bir qança sabablar bilan Liviyada vaziyat pişib yetilgandi. “Arab bahori”gaça ham neça martalab Qazzofiyga suiqasdlar uyuştirilgan.
Liviyada 6 mln aholi yaşaydi, hudud esa katta, nazorat qilib bölmasdi. Tunisda “Arab bahori” boşlangaç, Liviyaga ham qözğolonçilar ötadi, hokimiyat ağdarilişi faqat liviyaliklar tomonidan bölmagan, yollanma guruhlar bölgan.
Muxtor Nazirov: — Bir şaxsning 42 yil hukumatda qolişi legitimligini pasaytiradi xalq oldida. Hukumatda nepotizmga yöl qöyişi, ijtimoiy lift işlamasligi masalalari ham bor edi. Çetda öqigan köp liviyaliklar u yerga qaytmaslikni ma’qul körgan.
Liviyadagi qözğolonçilarning aksariyati yoşlar bölsa ham, kuç işlatuvçi qözğolonçilar taşqaridan kelganlar bölgan, deyiladi. Asosiy qözğatuvçi kuç Liviyaning özidan bölmagani haqida ham ma’lumotlar bor, lekin bunga qarşi turadigan kayfiyat ham bölmagan Liviyada.
“Arab bahori” katta hududda böldi arab davlatlarida. Liviyadagi yetilib turgan norozilik, hukumatning namoyişçilarga kuç işlatişi, Ğarb tomonidan qöllanişi kabilar bilan alanga oldi bu yerda. Qisqa vaqt içida hokimiyat özgardi. Bu jarayonda arab davlatlari Qazzofiy tarafida bölmadi, çunki yuqorida aytilgandek, ularni tanqid qilgan, mintaqada özi lider bölişga intilgan.
— Qazzofiyda kuç, resurs bölgan paytda nega Isroilga amaliy qarşi çiqmagan?
Bektoş Berdiyev: — Liviya Isroilga qarşi siyosat olib borardi, arab davlatlari tomonidan suriladigan umumiy ğoyalarga ergaşmasdi unça. Şuning uçun Sovet ittifoqi bilan munosabatlarni saqlab, undan yordam olardi texnik-texnologik, mutaxassislar borasida. Isroilga hujum qiliş uçun Liviyaning harbiy texnologiyalari töğri kelmasdi, iqtisodiy kuçi bölsa ham. Sovet ittifoqi qöllagani bilan töliq himoya qiladigan darajada emasdi, Isroilni esa AQŞ töliq qöllagan doim.
Farhod Karimov: — Qazzofiy hokimiyatga kelgunça arablar Isroildan bir neça bor mağlub bölib bölgandi. Saddam Husayn bor edi, ammo u özi bilan özi ovora edi, mintaqa davlatlari bilan, Eron bilan raqobatda edi. Şunday vaziyatda Isroilga hujum qilişga tayyor emasdi u ham. Şu sabab Qazzofiy yolğizlanib qoldi va imkoniyatlari ham yöq edi.
— Qazzofiy dollarda savdoni çeklab, neft savdosida arablarning öz tuzumini yaratişga harakat qilgan, deyiladi. Bular qançalik haqiqatga yaqin?
Farhod Karimov: — Qazzofiy doim çiqişlarida AQŞ dollari kirib kelgani qaramlikni oşirişini aytgan. OPECʼga ham qarşi bölgan u. Uning eng katta qörquvi AQŞ dollari edi, u öz milliy valutasida sotiş masalasini ham kötaradi. Ammo amalda bölmaydi, çunki Qazzofiy özi sotib oladigan hamma narsa dollarda kelardi.
U doimiy Ğarb moliyaviy tizimiga çek qöyişni ilgari suradi. Neftni arab davlatlarining öz milliy valutasida sotişi takliflarini arab davlatlari qöllamaydi.
Muxtor Nazirov: — 2006 yildagina Liviyaga sanksiyalar yumşadi, ungaça 80-yillar oxiridan beri sanksiyalarda edi. Uzoq muddatli yopiqlikda bölişi ham unga psixologik ta’sir ötkazgan deb öylayman. AQŞ dollaridan voz keçiş rejasi esa noreal edi, hatto bugun BRIKS ham bu işni qilolganiça yöq. Qazzofiyning bu boradagi bayonotlari kuçli bölsa ham, amaliy asoslari yöq edi. Boşqa arab davlatlari esa pragmatik yondaşib bu taklifni rad etadi.
— Qazzofiyning 2009 yil BMT sammitidagi nutqini eslasak.
Farhod Karimov: — Öşa nutq BMTdagi oxirgi nutqi bölgan. Bir neça soat gapirgan, zaldagi köpçilik tark etgan ham. Öz konsepsiyalari, “Arab bahori”, arab dunyosida yuzaga kelgan beqarorlik, AQŞ va Ğarb harakatlari — hamma narsani gapiradi. Ammo bu nutqda aniq bir strategik maqsad yöq edi, faqat yomonlaş, kimnidir ayblaş edi.
Öşa nutqda butun Yevropani Liviya uşlab turibdi, agar Liviya migrantlarni ötkazib yuborsa, butun Yevropani migrantlar bosişini aytadi. Butun noxuşliklarda Ğarbni ayblab, javob bermayotganini aytadi.
Umuman, nutq yaxşi boşlangan, kerakli nuqtalarga ham töxtaladi. Ammo uning Ğarb xatolari, ayblarini takror aytaverişi nutqning kuçini tuşirgan. Qazzofiy bu nutq bilan öz ojizligini körsatib qöydi, çunki aniq rejalar, strategiya berolmadi. Liviyaliklarga ham bu ta’sir qildi, ular ham davlat rahbarining ojizligini kördi. Işonçsizlik yanada ortdi.
Muxtor Nazirov: — 2006 yilda sanksiyalar olingaç, Liviya Ğarb bilan diplomatik aloqalarni tiklay boşladi. Lekin Qazzofiy tarixni kötariş siyosatidan bora boşladi. Koloniyalaştirişdagi işlar, bombardimon qilgani kabi işlar uçun tovon tölaşni söray boşladi. Bir qutblilik siyosatni tanqid qildi. Afrika davlatlari birlaşişni, oltin dinor valutasini joriy qilişni kötaradi yana.
— Qazzofiydan keyin hozir Liviyada qöşhokimlik yuzaga kelgan. Inqilobdan avvalgi va keyingi Liviyani taqqoslasak.
Bektoş Berdiyev: — Qazzofiydan keyingi Liviyaga nisbatan yondaşuvlar turliça, xuddi sobiq Sovet ittifoqi davlatlari jamiyatidagi kabi. Liviyaning yöqotişlari ham, yangi imkoniyatlari ham bor.
Töğri, davlat bölinib ketdi. Lekin ba’zi liviyalik aytişiça, bu fojia emas, ular doimiy içki bölinişlar bilan yaşagan qabilalar. Ijtimoiy siyosat böyiça katta yöqotiş bor davlatda. Eng kam iş haqi ming dollar edi, işsizlik uçun 600-700 dollar nafaqa berilardi, yoşlar xohlagan çet davlatda öqişi mumkin va buning xarajatlarini davlat tölar edi, ta’lim, tibbiyot butunlay bepul edi.
Ammo liviyaliklar bizda siyosiy va söz erkinligi yöq edi, endi dunyoga oçildik, dunyodagi geosiyosiy jarayonlarni bemalol köra olyapmiz, siyosiy fikrimizni bildiryapmiz, deydi. Baribir yöqotişlar katta böldi, notinçlik davom etyapti hali ham, davoat hududida geosiyosiy raqobat kuçaymoqda. Mamlakatda neft sotiladi, lekin uning puli qayerga ketayotgani noma’lum. Bundan taşqari, diniy radikallarning ta’siri oşyapti. Ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy jihatdan yöqotişlari katta.
— Xalifa Haftar kim özi?
Farhod Karimov: — Haftar Qazzofiy bilan juda yaqin bölgan, uni siyosiy öğlim deb ham atagan Qazzofiy. Çatdagi mağlubiyatidan keyin Haftardan voz keçadi, şundan keyin örtada konflikt paydo böladi. Bundan taşqaridagi kuçlar unumli foydalanişga harakat qiladi. Asirga tuşgan Haftarni olib ketib siyosiy boşpana berişadi AQŞda, AQŞ fuqaroligini ham oladi. Maxsus xizmatlar orqali Liviyaga olib kelinib bir neça bor hukumatni egallaşga harakat ham qiladi.
2011 yilda AQŞ koalitsiyasi kirişi, Qazzofiy öldirilişi, hokimiyat egasiz qolib ketişi oqibatida yana Liviyaga keladi Haftar. U bir vaqtning özida AQŞ va unga raqobatçi bölgan davlatlar bilan yaxşi munosabatda böladi. Haftar özi Sovet ittifoqida harbiy ta’lim olgan. Hokimiyatga kelişidan oldin Şoygu va Lavrov bilan ham uçraşadi.
— Haftar özi qaysi tomonni tanlagan, Rossiyami yoki AQŞ?
Farhod Karimov: — Hokimiyatni egallaş uçun kuç yiğganda unga AQŞ va Ğarb yordam beradi. “Arab bahori”dan keyin Tripolida özi Ğarbga moyil hukumat şakllanadi, şu sabab Ğarbga Haftardan köra öşa hokimiyat qulay böladi. Bundan taşqari, Haftarning özi ham şoşqaloqlik qilib AQŞdan boşqa kuçlardan yordam izlaydi, şu sababdan ham undan uzoqlaşadi. U Putin bilan ham gaplaşadi va buni butun dunyoga oşkor qiladi, bu harakatlari uning AQŞ raqobatçilari tomonga ötganini körsatadi. AQŞ hozirgi muvaqqat hukumatni qöllaydi va ularga hukumatni şakllantirişda yordam beradi.
Haftar katta hududlarni nazoratiga oladi, u yerlarda asosiy neft zaxiralari bor edi. Neft qazib olişda Rossiya bilan hamkorlik qila boşlaydi. Haftar qölida katta kapital paydo böladi. Şundan keyin dunyo davlatlari Hafar bilan ham muloqotga kirişadi. Uning atrofida katta jipslaşuv ham bor, Tripolidagi hokimiyatda esa hali ham etnik va siyosiy guruhlar örtasida kelişmovçiliklar bor. Bugun Haftar katta siyosiy kuç sifatida şakllandi, unga Liviyani birlaştirişi mumkin bölgan şaxs sifatida qaralmoqda va u bilan muloqot qilinyapti.
Muxtor Nazirov: — Liviyada hokimiyat ikkita hozir, nazoratda bölmagan hududlar ham bor. Lekin 90 foiz hududni Haftar nazorat qiladi. Haftarning nazorati kuçli bölsa ham, taşqi dunyo bilan butun Liviya nomidan iş köra oladigan hukumat mavjud yöq, deb öylayman. Tripolidagi hokimiyatni Ğarb, Turkiya va Qatar kabi davlatlar qöllaydi. Arab davlatlari örtasida ham ziddiyat bor. Misr va Saudiya Haftarni qöllaydi. Umuman, 90 foiz hududni nazorat qilsa ham, yagona kuç markazi Haftar emas deb öylayman.
Farhod Karimov: — Turkiyaning ham pozitsiyalari özgargan. U hozir 40 dan ortiq loyihalarni yutib olgan, Haftar bilan munosabatlari yaxşilanyapti. Asosiy loyihalarni Turkiya amalga oşiryapti u yerda.
Bektoş Berdiyev: — Şunday geosiyosiy holat vujudga keldiki, Liviyada an’anaviy iştirokçilar orqa fonda qolib, yangi iştirokçilar bölgan Rossiya va Turkiya kirib boryapti.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi