2024 yilning dastlabki 6 oyida avtoraqamlar savdosi 3 barobar oshdi
Respublika tovar-xomashyo birjasida yarim yilda 426,2 mlrd so‘mlik «chiroyli» avtoraqam sotildi.
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida 2024 yilning dastlabki 6 oyida 426,2 mlrd so‘mlik 104,9 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqam sotildi. Avtoraqam sotuvi soni va hajmi bo‘yicha uch barobar o‘sdi, deb xabar berdi birja.
Qayd qilinishicha, sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslarga va qolgani yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 517,1 mln so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek, 2024 yil yanvar-iyun oylari davomida birjada 13,1 mlrd so‘mlik 3224 ta «chiroyli» mobil raqam sotilgan. Ularning umumiy qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobar oshgan.
Qayd qilinishicha, «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ va Yagona integrator Uzinfocom MChJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan. Ushbu memorandum birja orqali internet domen nomlari onlayn auksion savdolarini tashkillashtirishni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:21
-
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:11
-
Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 3,5 mlrd yevrolik yordam oldi
Jahon | 12:03
-
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
O‘zbekiston | 11:38
Mavzuga oid

13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

09:32 / 25.12.2024
O‘zbekistonda avtoraqam 1 mlrd so‘mdan ortiqqa sotildi

07:50 / 20.05.2024