“Çiroyli” avtoraqamlar yuz barobarga arzonlaşdi, endi “77 777777” raqami ham paydo böladimi? Özatom direktorining bayonoti: jizzaxliklar AES qurilişini intizor kutyaptimi? Özbekiston qarz oliş sur’ati böyiça mintaqada yetakçi: yalpi taşqi qarz 72 mlrd dollardan oşdi. Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid şu va boşqa asosiy xabarlari – Kun.uz dayjestida.

“Çiroyli” avtoraqamlarning hammasi endi 7 mln söm

Auksionlarda 1,5 mlrd sömgaça narxda sotib kelingan “çiroyli” avtoraqamlar narxi endi 7 mln söm. 1 oktyabrdan e’tiboran xaridorgir raqamlarning auksionsiz, töğridan töğri oçiq savdosi boşlandi. Bundan buyon “777”, “555”, “111” kabi raqamlarni ham BHMning 17 baravari, ya’ni 7 mln sömga sotib olsa böladi. Bu haqdagi hukumat qarori ötgan oyda qabul qilingan edi.

Hozirça, avval auksionga çiqarilgan, lekin sotilmagan raqamlar sotuvda turibdi. 1 yanvardan boşlab barça kombinatsiyalar töliqligiça sotuvga qöyiladi. Bunda, eng xaridorgir raqamlar ham hammaga yetadi: misol uçun, toşkentliklar “01 ... 111”, qaşqadaryoliklar esa “70 ... 777” raqamlarining harf kombinatsiyalaridan 90 foizini sotib olib qöysa, u holda hududiy kodning keyingisiga ötiladi: Toşkentda “02”, Qaşqadaryoda esa “71”dan boşlanuvçi “çiroyli” avtoraqamlar paydo böladi.

Şu tariqa, 1 yanvardan keyin avtoraqamlarning narxi böyiça uç xil toifasi paydo böladi. Birinçi toifa – erkin tanlovsiz tasodifiy tartibda beriladigan, 1,5 mln sömlik bazaviy narxdagi “oddiy” raqamlar. Ikkinçi toifa – 7 mln sömga sotib olinadigan “çiroyli” raqamlar. Uçinçi toifa esa, 6 tagaça harf va (yoki) raqamlardan iborat, ismlar yoki sözlar şaklidagi yangiça davlat belgilari. Bunda, avtoraqamiga “ESHMAT”, “SHOX07”, “BUXORO” yoki “ONAMGA” deb yozdirmoqçi bölganlar, bu huquqni auksionda yutib olişiga töğri keladi. Hukumat qaroridan kelib çiqilsa, oltita 7 (“01 777777”) şaklidagi avtoraqamlar ham auksionga çiqarilişi mumkin. Şunday bölgan taqdirda, bir neça oy oldin “777 ZZZ” raqami uçun auksionda 1,5 mlrd söm narx taklif qilingani – holva bölib qolişi aniq.

Bunday nostandart avtoraqamga ega maşina boşqa şaxsga sotilganda, uning raqami bilan nima bölişi – hozirça ma’lum emas. 7 mln sömlik raqamlarni esa, raqam egasi 3,5 mln söm tölagan holda, uni öz nomida saqlab qolişi mumkin. Şuningdek, siz sotib olayotgan avtomobilda allaqaçon “çiroyli” raqam turgan bölsa, 7 mln sömga yangisini oliş örniga, 3,5 mln söm tölab maşinada taqilib turgan raqamni özgartirmay qoldirsa böladi. Lekin “çiroyli bölmagan” raqamga ega avtomobil oldi-sotdisida buning iloji yöq: xaridor 1,5 mln söm tölab yangi va tasodifiy raqam olişga majburligiça qoladi. Çiroyli raqamga qiziqmaydiganlar yoki unga puli yetmaydiganlar uçun, 750 ming söm evaziga maşina raqamini özgartirmay olib qoliş imkoniyati közda tutilmagan.

Haydovçilarga oid boşqa yangiliklar

Kelasi oyda haydovçilarni yana bir yengillik kutmoqda. Prezident qaroriga asosan, 1 noyabrdan e’tiboran avtomobiliga gaz ballon örnatgan haydovçilar texpasportini almaştirişi şart bölmaydi. Bunda, avtomobilga gaz balloni örnatilgani haqidagi ma’lumot elektron şaklga ötkaziladi va yangi guvohnoma oliş talabi bekor qilinadi. Şu tariqa, haydovçilar 288 ming sömlik xarajatdan qutuladigan böldi. Ayni paytda, maşinaga gaz örnatiş uçun ruxsatnoma olişdagi 124 ming sömlik tölov saqlanib qoladi.

Hafta davomida avtomobillarga oid yana bir hukumat qarori loyihasi muhokamaga qöyildi. Unga köra, 2026 yildan e’tiboran işlab çiqarilganiga 50 yil bölgan maşinalardan foydalanişni taqiqlaş taklif etilyapti. Bunga sabab – ular xavfsizlik talablariga va ekologik me’yorlarga javob bermaydi. Rasmiy ma’lumotga köra, hozir Özbekistonda yoşi 50 dan oşgan maşinalar soni salkam 88 mingtani taşkil etadi. Ular orasidan antikvar deb topilganlariga alohida huquqiy maqom va tillarang fondagi alohida avtoraqamlarni joriy etiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, oğirligi 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari va oçiq konlarda işlovçi samosvallar uçun ham alohida davlat raqam belgilari joriy etilişi mumkin. Bu – uşbu turdagi transportlarni yöllarda oson ajratib oliş maqsadi bilan izohlanyapti.

Şuningdek, yuk maşinalarining tungi vaqtda yöl yoqasida töxtab turgani uçun javobgarlik belgilaş ham taklif etilmoqda. Ma’lum qilinişiça, 2024 yilda şunday holatlar 113 ta YTHga olib kelgan va ularda 47 kişi halok bölgan.

Özbekiston – taşqi qarz oliş sur’ati böyiça mintaqada yetakçi

2025 yil 1 iyul holatiga, Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 72 mlrd dollardan oşdi. Şundan 36,8 mlrd dollari – davlat taşqi qarzi bölib, bu miqdor bir yil içida 6 mlrd dollarga köpaygan.

Ayni paytda, asosan davlat korxonalari hissasiga töğri keladigan korporativ taşqi qarzlar davlat qarzidan ham tezroq ösyapti. Xususan, 1 iyul holatiga korporativ taşqi qarz 35,4 mlrd dollarga yetib, davlat taşqi qarzini ortda qoldiriş arafasida turibdi. Taqqoslaş uçun, birinçi yarim yillikda davlat taşqi qarzi 2,7 mlrd dollarga köpaygan bölsa, korporativ taşqi qarzlar 5,2 mlrd dollarga oşgan.

Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning ma’lum qilişiça, Özbekiston yalpi umumiy qarzning ösiş sur’ati böyiça Markaziy Osiyoda mutlaq yetakçilik qilyapti. 2020 yildan keyingi davrda Qozoğiston va Tojikistonning yalpi taşqi qarzi 5-6 foizga, Qirğizistonniki 42 foizga ösgan. Xuddi şu davrda, Özbekistonning yalpi taşqi qarzi 2,1 barobarga köpaygan.

Muhim jihati şundaki, davlat kafolati ostida olinayotgan qarzlarning katta qismi aniq bir loyihalarga emas, davlat budjeti taqçilligini qoplaşga işlatilyapti. Oxirgi vaqtlarda geosiyosiy şart-şaroitlar tufayli qarz oliş nihoyatda qimmatlaşib ketgan. Demak, modomiki davlat budjeti yuqori foizlardagi taşqi qarzlar hisobidan töldirilayotgan ekan, budjet xarajatlari ham şunga muvofiq tarzda oqilona bölişi kerak. Lekin buning aksini körsatuvçi misollar judayam köp.

Masalan, şu hafta Toşkent şahrida gul köçatlari ekiş uçun yana 10 mlrd söm ajratildi. Budjet bu umumiy qozon ekanidan kelib çiqib, olingan taşqi qarzlarning 1 mln dollarga yaqin qismi gul ekiş uçun işlatildi desak ham böladi. Demakki, poytaxt köçalari va xiyobonlarida ekilgan gullarga közingiz tuşganida, bemalol aytişingiz mumkin: bu gullarni körib közim quvnaşi – tekinga emas, buning narxini ertaga farzandlarim, öz soliqlari hisobidan tölaydi.

AES sabab Jizzaxda “hayot sifati karrasiga oşadi”mi?

Özatom direktori Azim Ahmadxöjayev ötgan hafta Moskvadagi forumda AES masalasi böyiça jizzaxliklar nomidan bayonot berib kelgani ma’lum böldi. Uning sözlaridan göyoki viloyat aholisi Rossiya bilan hamkorlikdagi AES loyihasini sabrsizlik bilan kutayotgandek tasavvur uyğonadi.

Ahmadxöjayevning aytişiça, jizzaxliklar AES loyihasi mas’ullaridan: “Qaçon? Qaçon endi boşlaysizlar?” deb sörayotgan ekan. Aholi orasida loyiha tezroq boşlanişi uçun “qölidan kelgança yordam berayotganlar” ham bor ekan. “Nega? Çunki ular bu loyihaning multiplikativ samarasini tuşunişyapti: mintaqaga ham, umuman viloyatga ham hamma yönalişlar böyiça taraqqiyot keladi”, deydi Özatom rahbari.

Uning sözlariga köra, AES loyihasi amalga oşirilsa, Jizzaxda “hayot sifati karrasiga oşadi”. Çunki u yerda stansiyalar bilan birga, ijtimoiy va infratuzilma obektlari ham quriladi. Qolaversa, Azim Ahmadxöjayev jizzaxliklar öz vatanini taşlab, heç qayerga ketmoqçi emasligini ham qöşimça qilgan.

“Biz ularning heç qayerga ketişni xohlamayotganini aniq-ravşan körib turibmiz. Ular bu rivojlanişning iştirokçisi va uşbu yönalişda birinçi bölişni xohlaşyapti”, – deya Jizzax aholisining AESga munosabati haqida gapirgan Özatom direktori.

Ötgan hafta xabar berganimizdek, Rossiya poytaxtidagi atom haftaligi doirasida Özbekistonda ham kiçik, ham katta AESlar quriş böyiça şartnomalar imzolandi. Bu loyihaning noyobligi şundaki, dunyoning hali heç qayerida ikki xil stansiya bitta maydonda integratsiya qilingan emas. Kotlovan qaziş işlari şu yil kuzda boşlanib, kam quvvatli AESning birinçi energoblokini 2029 yilda, yirik AESning birinçi energoblokini esa 2033 yilda işga tuşiriş reja qilingan.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasining yangi boş murabbiyi Fabio Kannavaro bölişi mumkin. ÖFA u bilan muzokaralar ketayotganini tasdiqladi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilişiça, tayinlov haqida duşanba kuni e’lon qilinişi kutilyapti. Agar şunday bölsa, italiyalik mutaxassis yo 9 oktyabrda Kuvayt bilan, yo 13 oktyabrda Urugvay bilan örtoqlik öyinida debyut qilişi mumkin. Kannavaro nomzodini futbol jamoatçiligi turliça qabul qilayotganini ta’kidlaş joiz. Avvalroq Yoaxim Lyov, Fotih Terim, Paulu Bentu va Slaven Biliç nomzodlari körib çiqilayotgani haqida xabarlar paydo bölgandi. Bu hafta, şuningdek, Özbekiston va Ozarboyjon 2027 yilgi FIFA U-20 jahon çempionatiga mezbonlik qilişi aniq böldi.

Özbekiston böylab bahorda ekilgan daraxt köçatlarining 27,5 milliontasi qurib qoldi. Rasmiy xabarga köra, “Yaşil makon” dasturi doirasida şu yil bahorda ekilgan 137 millionta köçatning 27,5 milliontasi yoki 20 foizi qurib qolgan. Mas’ullar buni ob-havo bilan, ya’ni issiq kunlar köp bölgani bilan izohladi. Şu sababli endi daraxtlarni köproq kuzda ekişga qaror qilingan. Hafta davomida, şuningdek, Toşkent viloyatidagi Bözsuv kanaliga iflos oqovalar oqizilgani ham jamoatçilikda taşviş uyğotdi. Boş prokuratura holat yuzasidan “Toşkent suv ta’minoti” mas’ullariga nisbatan jinoyat işi qözğatgan.

Toşkent viloyatidagi boğçalarda zaharlangan mingga yaqin bolaning deyarli barçasi soğayib, kasalxonadan uyiga qaytdi. Rasmiy bayonotlardan kelib çiqilsa, sönggi 35 nafar bolaga 30 sentabrda, ya’ni zaharlanişdan 6 kun ötib uyiga javob berilgan. Öşa kun holatiga şifoxonalarda faqat 3 nafar bola qolgan bölib, ular ham ötkir gastroenteritdan töliq soğaygan, lekin davolaş jarayonida aniqlangan oldindan mavjud kasalliklar sababli, ularning şifoxonada qoliş muddati çözilgan. Holat yuzasidan tuzilgan işçi guruh ommaviy zaharlanişdan keyin oradan 10 kun ötganiga qaramay, hamon dastlabki xulosalarni taqdim etgani yöq.

Yilning eng yirik xususiylaştiriş bitimlaridan biri tasdiqlandi. Samarqand avtomobil zavodidagi 75 foizlik davlat uluşi 80 mln dollarga Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasiga sotildi. Xaridor yana 80 mln dollar investitsiya kiritib, 12-18 metrli avtobuslar va elektrobuslar işlab çiqarişni yölga qöyiş majburiyatini ham olgan. Ma’lumot uçun, Anadolu Group 2021 yilda Coca-Cola Uzbekistan'ni 252 mln dollarga sotib olgan va Özbekiston rasmiylari şundan beri bu kelişuvni eng muvaffaqiyatli xususiylaştiriş misollari qatorida sanab keladi. Eslatib ötamiz, şu yil oxirigiça Özbekistondagi eng yirik va monopol avtozavod – UzAuto Motors'ni ham xususiylaştiriş boşlanişi belgilangan.

Dunyo böylab avtomobilda sayohatga çiqqan amerikalik bloger Özbekistonda muammoga duç keldi. Camperghini Özbekistondan çiqib ketiş uçun Samarqanddagi “Jartepa” bojxona postiga kelganida, maşinasi mamlakatda 90 kundan ortiq qolib ketgani uçun uni jarimaga tortişgan. Jarimani tölaş uçun sayyohning bank kartasida puli bölgan, lekin terminal işlamagani uçun tölov qilolmagan. Ustiga ustak, viza muddati tugagani sababli 40 km masofadagi eng yaqin bankomatga ham borolmagan. Natijada 3 kun Lamborghini maşinasida, paşşaga talanib uxlaşiga töğri kelgan. Uning internetdagi murojaatidan keyin, Bojxona qömitasi muammo hal etilganini ma’lum qildi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova