Sun’iy intellektga ega chat-botlar biologik qurol yaratishga qodir - Bloomberg
Odamlar undan ayni vaqtda mavjud bo‘lmagan virus va toksin turlari kabi «eng jirkanch narsalarni yaratishda» foydalanishi mumkin.
Sun’iy intellektga ega chat-botlar foydalanuvchilarga biologik qurol yaratishda yordam berishga qodir, deb xabar beradi Bloomberg.
Agentlikning ta’kidlashicha, sintetik biologiya (uning yordamida olimlar yangi biologik tizimlarni yaratgan holda gen va genomlarni boshqaradi) hamda sun’iy intellekt kabi innovatsiyalarning birlashuvi hukumatlar uchun qo‘rqinchli tushga aylanishi mumkin. Chunki generativ sun’iy intellekt takomillashishni davom etmoqda, Massachusets texnologiya instituti biologi Kevin Esveltga ko‘ra, odamlar undan ayni vaqtda mavjud bo‘lmagan virus va toksinlar turlari kabi «eng jirkanch narsalarni yaratishda» foydalanish ehtimoli mavjud. «Bugun bulardan himoyalana olmaymiz», — deydi Esvelt.
2023 yilning bahorida biokimyogar va BMTning sobiq inspektori Rokko Kasagrande Oq uy amaldorlarini chat-botlar yordamida biologik qurol yaratish mumkinligi haqida ogohlantirgan edi: neyrotarmoqlar terrorchilarga biologik agentlarni aniqlashda yordam berishga qodir. «Har bir terrorchining o‘zini kichik olimi bor deb tasavvur qilib ko‘raylik?» — degandi u.
Kasagrande bunday xulosaga Claude chat-botini yaratgan Anthropic kompaniyasi undan neyrotarmoqning ilmiy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib berishni so‘raganidan keyin kelgan. Anthropic asoschilaridan biri Jyek Klarkning so‘zlariga ko‘ra, u va uning jamoasi Claude hamda boshqa chat-botlar foydalanuvchilarga potensial xavfli viruslarni yaratishni o‘rgatishi mumkinligidan xavotirda bo‘lgan.
Jon Hopkins universiteti huzuridagi Sog‘liqni saqlash sohasida xavfsizlik markazi direktori Tom Inglesbi o‘z navbatida, hukumat sun’iy intellekt ustida ish olib borayotgan kompaniyalarni muntazam nazorat qilib borishi va qattiqroq pozitsiyada turishi kerak deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
21:56 / 13.10.2024
Google bitta tugmani bosish orqali har qanday hujjatni podkastga aylantiradigan xizmatni ishga tushirdi
18:34 / 11.10.2024
Prokuratura tizimida sun’iy intellekt joriy qilinadi
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
20:28 / 03.10.2024