Baydenning o‘g‘li ruminiyalik oligarxdan 3 mln dollar pora olganlikda ayblanmoqda
Biznesmen Gabriel Popovichiu 2015 yilda Hanter Baydenni yuridik topshiriqlarni bajarish uchun yollagan. Shundan keyin oligarxga o‘z yurtida korrupsiya bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
AQSh maxsus prokurori Devid Vays ofisi prezident Jo Baydenning o‘g‘li — Hanter hamda uning biznes-sheriklarini ruminiyalik oligarxdan Amerika davlat idorasiga ta’sir ko‘rsatish va’dasi ostida 3 million dollar olganlikda aybladi, deb xabar beradi ABC News.
Sudga taqdim etilgan materiallarga ko‘ra, ruminiyalik biznesmen Gabriel Popovichiu 2015 yilda Hanter Baydenni yuridik topshiriqlarni bajarish uchun yollagan. Shundan keyin oligarxga o‘z yurtida korrupsiya bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
Materiallarda qayd etilishicha, AQSh prezidenti Baydenning o‘g‘li Popovichiudan Amerika rasmiylariga ta’sir o‘tkazish, o‘z navbatida ular Ruminiyada ilgari surilgan ayblovni tergov qilishlari evaziga pul olganini tasdiqlovchi dalillar bor.
Maxsus prokuraturaga ko‘ra, tomonlar bunday lobbistik faoliyat Hanterning otasining siyosiy karerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini yaxshi tushungan, shu sababdan bitim «uning asl maqsadini yashirgan» holda tuzilgan.
2023 yil sentabrida AQSh Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri, respublikachi Kevin MakKarti Vakillar palatasining qo‘mitalari AQSh prezidenti Jo Baydenga impichment jarayonini boshlashi mumkin bo‘lgan tergov ishlarini boshlaganini e’lon qildi.
Respublikachilarga ko‘ra, Bayden 2009-2017 yillarda vitse-prezident bo‘lib ishlagan vaqtida o‘g‘li Hanterning xorijiy tijorat loyihalaridan daromad olgan. Bunda Federal qidiruv byurosining (FQB) sobiq maxfiy axborotchisi Aleksandr Smirnov ko‘rsatmalari asos qilib olingan edi.
Mavzuga oid
17:20 / 11.09.2024
Teodor Ruzveltdan Jo Baydengacha – AQShning eng yosh va eng keksa prezidentlari haqida
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
21:26 / 06.09.2024
Baydenning o‘g‘li soliq jinoyatlari bo‘yicha aybiga iqror bo‘ldi. U 17 yilga qamalishi mumkin
09:40 / 04.09.2024