HAMAS yetakçisi Ismoil Haniya öldirilgandan söng Eronning Jamkaron masjidi gumbaziga “qizil qasos bayroği” kötarilgan edi. Şundan buyon global hamjamiyat nigohi Eronning Isroilga javob berişini kutyapti.

Eron va Isroil ziddiyati fonida esa AQŞ Yaqin Şarqqa qöşimça kuçlar yubordi. Yaqin Şarqda sönggi kunlarda yuz berayotgan hodisalar siyosiy dinamikaga qanday ta’sir qilganini siyosatşunoslar Anvar Yöldaşev va Kamoliddin Rabbimov bilan “Geosiyosat”da muhokama qilamiz.

Çorşanba kuni Jiddada Islom hamkorlik taşkiloti davlatlari taşqi işlar vazirlarining favqulodda yiğilişi bölib ötişi kerak edi, bu uçraşuvlar qanday yakunlandi? (musulmon davlatlar Eronning javob zarbasi qonuniyligini tan oladimi?)

Anvar Yöldaşev:

Eronning Isroilga javobi nega keçikyapti, bu Tehronning xalqaro sahnada yolğizlanib qolişidan xavotirlanişmi?

Anvar Yöldaşev: Eron taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Ali Bagiriy şunday ta’kidladiki, Eron Yaqin Şarqdagi vaziyatni keskinlaştirişni xohlamaydi, ammo nega öz hududiga bölayotgan tahdidni qaytarmasligi kerak. Bu gapni “Hizbulloh” rahbari ham ma’qulladi. Bu yerda qayta hujum bölişi aniq yoki aniq emasligi asosiy örinda emas, asosiysi Eron öz davlati hududini himoya qilişga intilişida, aslida.

Kamoliddin Rabbimov: Bu yerda Eronning maqsadi musulmon dunyosida Ismoil Haniyaning öldirilişini bir xil qabul qiliş. Yakdil geosiyosiy va siyosiy pozitsiyani işlab çiqişni taklif qildi va bunga erişdi ham. Hattoki Saudiya Arabistoni ham Eron tomonga ötdi. Agar kelajakda Isroilga hujum böladigan bölsa, Eron boşqa davlatlarga biz özimizni himoya qildik, çunki bizning suverenitetimiz buzilgan edi. Biz bunga javob berdik degan pozitsiyani qöllaşni maqsad qilgan. Şuningdek, Eronda yangi prezident saylangan va bu prezidentning asosiy maqsadi Eron munosabatlarini Ğarb bilan muvofiqlaştiriş edi. Agar Eron bu yerda hujumni amalga oşirmasa, kuçsiz davlat maqomiga çiqib qolişi mumkin. Ammo kuçli töqnaşuvni amalga oşirsa, öz davlati hududi ham uruş maydoniga aylanişi mumkin. Ammo buni Eron xohlamaydi. Rossiya prezidentining Humayniyga telefon qilib, fuqarolik infrastrukturalariga jiddiy ziyon yetkazmaslik kerak degan gaplarida ham şu ma’no yotibdi. Eron bu orqali öz pozitsiyasini bildirib qöymoqçi.