Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda eng sovrindor marafonchilardan biri marraga yetib kela olmadi. U Olimpiada o‘yinlarida boshqa ishtirok etmaydi

Foto: Tuko News
Keniyalik chopqir Eliud Kipchoge marafonning 30 kilometridan bellashuvlarni tark etib, o‘z krossovkalarini tomoshabinlarga berib yubordi.
39 yoshli keniyalik chopqir Eliud Kipchoge Parijda o‘tkazilayotgan Olimpiada marafonida (42 kilometr) finishga qadar yetib kela olmadi, deb xabar beradi France 24.
Sportchi 30 kilometr masofani bosib o‘tganidan keyin bellashuvdan chiqqan. «Spors.ru»ning yozishicha, u mazkur masofani 1 soat 39 daqiqa 38 soniyada bosib o‘tgan va marafondan chiqib ketish vaqtida 77-o‘rinda bo‘lgan. Shundan so‘ng u tomoshabinlar tomon o‘girilib, ularga o‘z krossovkalarini topshirgan.
Kipchoge shu vaqtga qadar hech qachon marraga yetmasdan turib poygadan chiqib ketmaganini ma’lum qildi. «Bu mening eng yomon marafonim», — deya ta’kidlaydi sportchi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu Olimpiada u uchun oxirgiga aylangan.
Parijda erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan marafonda 32 yoshli efiopiyalik Tamirat Tola marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shuningdek, u yangi Olimpiada rekordini o‘rnatdi — 2 soat 6 daqiqa va 26 soniya. Ikkinchi o‘rin belgiyalik Bashir Abdiga nasib etdi (u g‘olibdan 21 soniya ortda qoldi). Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan keniyalik Benson Kipruto joy oldi (+34 soniya).
Eliud Kipchoge — 2016 va 2021 yillarda o‘tkazilgan Olimpiadalarning ikki karra g‘olibi. Sportchi, shuningdek, 2004 yilgi Olimpiadada bronza, 2008 yilda esa 5 ming metr masofaga yugurishda kumush medal olgan.
Kipchogedan tashqari Olimpiada o‘yinlarida yana ikki kishi ikki marotaba oltin medal olgan — efiopiyalik Abebe Bikila (1960 yillarda) va GDR nomidan qatnashgan Valdemar Serpinski (1970-1980 yillarda). Olimpiada o‘yinlarining marafonlarida hech kim uch marotaba oltin medalni qo‘lga kiritmagan.
Marafonda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Shohrux Davlatov ham 30 kilometrdan so‘ng o‘zini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishga yetib bora olmagan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmda mehnat staji «yasab beruvchi» mutaxassis ushlandi
Jamiyat | 08:02
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
-
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi
Jahon | 07:41
-
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 07:32
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

16:17 / 01.05.2025