Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Harris bilan uchta debat o‘tkazishini e’lon qildi
Prezidentlik saylovidan oldingi debatlar sentabr oyiga belgilangan.
Foto: Reuters
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Pensilvaniya va Michigan shtatlarida saylovoldi debatlarining ikkita raundi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u uchrashuvlar 4, 10 va 25 sentabr kunlariga belgilanganini tasdiqladi.
«Kamala Harris bilan birinchi bahs 4 sentabr kuni Pensilvaniya shtatining go‘zal Harrisburg shahrida Fox News telekanali tomonidan o‘tkaziladi. Ikkinchi debatga Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi ABC News telekanali mezbonlik qiladi. Uchinchi debat Michigan shtatining Grand-Rapids shahridagi NBC telekanalida bo‘lib o‘tadi», deb yozdi Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.
Bahs dastlab 10 sentabrga belgilangan edi. Keyinroq Donald Tramp Fox News bilan yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib olganini aytdi. U 10 sentabr kungi bahsni ahamiyati yo‘qolganini qayd etdi, chunki debat Jo Bayden bilan o‘tkazilishi kerak edi.
Keyinroq Donald Tramp debatlarni, jumladan, 10 sentabrda ham o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Kamala Harrisning kampaniyasi 4 sentabrdagi tadbirda ishtirok etish masalasini muhokama qilmayotganini aytdi.
Mavzuga oid
22:19 / 23.03.2026
Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa – Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi haqida
19:45 / 23.03.2026
Tramp: Eron kelishuv tuzishni xohlamoqda
17:01 / 23.03.2026
Tramp Eron elektr stansiyalariga zarba berishni kechiktirdi
16:22 / 23.03.2026