Biznesni rivojlantirish banki IT sohasidagi startaperlar va biznes vakillarini qo‘llab quvvatlamoqda

Foto: Biznesni rivojlantirish banki
Joriy yilning 8 avgust kuni Toshkentda Biznesni rivojlantirish banki "BRB Fintech Hackcelerator" IT-tanlovi – hakaton boshlanganini e’lon qildi. Ushbu tadbir O‘zbekistonda IT-biznesni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar yaratish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan. Hakaton Amity universiteti, Yandex, O‘zbekiston IT hamjamiyati va Veon AdTech kabi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 300 mln so‘m bo‘lgan ushbu hakaton uchun 200 ta jamoalardan ariza topshirilgan, ulardan jami 206 ta a’zosi bo‘lgan 47 ta jamoa tanlab olingan. Jamoalar yetakchi IT kompaniyalar, tadbirkorlik sub’yektlari, universitetlar va ta’lim muassasalarining kuchli vakillaridan tashkil topgan.
Bir oylik "BRB Fintech Hackcelerator” musobaqasi davomida yaratilgan mahsulotlar va yechimlar tadbirkorlar uchun innovatsion xizmatlarni yaratish, ularga yangi imkoniyatlarni ochishga yordam berishi kutilmoqda.
47 ta jamoani bir oylik intensiv ish kutmoqda, ular yetakchi mentorlardan maslahat va ko‘rsatmalar olgan holda o‘z potensiallarini ochish va yaratiladigan IT-mahsulotlar uchun maqbul yechimlarni topishni ko‘zlashgan.
Biznesni rivojlantirish bankining ushbu tadbirdan asosiy maqsadi O‘zbekistonda IT-biznesni, startaperlarni va dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat. "BRB Fintech Hackcelerator"ni har yili o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar yaratiladigan hamda tajriba almashinadigan maydonga aylantirish rejalashtirilgan.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:35
-
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video
Jahon | 16:02
-
Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiya askarlarini yubormoqda
Jahon | 15:59
-
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

17:00 / 04.06.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

19:00 / 02.06.2025
Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

17:00 / 28.05.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

19:00 / 16.05.2025